Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

BRB-TECH “ICT WEEK Uzbekistan 2026” haftaligida

22.09.2026
3 min

“BRB-TECH” texnologik kompaniyasi 22–25-sentyabr kunlari Toshkent shahridagi CAEx koʻrgazmalar markazida boʻlib oʻtayotgan mamlakatning eng yirik IT-tadbiri — ICT WEEK Uzbekistan 2026 haftaligida faol ishtirok etmoqda.

Kompaniya mazkur nufuzli tadbirda FinTech, sunʼiy intellekt (AI), raqamli ekotizimlar, korporativ boshqaruv tizimlari, shuningdek, IT-audit va konsalting yoʻnalishidagi kompleks imkoniyatlarini namoyish etmoqda.

Asosiy yoʻnalishlar va innovatsion yechimlar:

FinTech va biometrik toʻlovlar: Masofaviy identifikatsiya, onlayn kredit va depozitar yechimlar, SuperApp hamda yangi avlod toʻlov texnologiyalari — Smile Payment va Palm Payment. Barcha yechimlar real bank muhitida muvaffaqiyatli sinovdan oʻtgan.

AI Lab (Sunʼiy intellekt laboratoriyasi): Ovozli sunʼiy intellekt, AI FinDiagnostika, AI Call va muloqotlarni tahlil qilish tizimlari. Ayniqsa, oʻzbek tili uchun AI texnologiyalarini (nutqni tanish va sintez qilish, RAG arxitekturasi) rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilgan.

Maʼlumotlar xavfsizligi (On-premise): AI yechimlarini bevosita buyurtmachining oʻz infratuzilmasida joylashtirish imkoniyati. Bu maxfiy maʼlumotlarni tashqi bulutli xizmatlarga uzatmasdan, toʻliq himoyalangan kontur ichida ishlash imkonini beradi.

Biznes va davlat uchun raqamli ekotizimlar: CRM, HRM va yelektron hujjat aylanishini birlashtiruvchi B2B platformalari, shuningdek, “Mening Tomorqam” va “Mening Biznesim” kabi ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar.

IT-Autsorsing va Konsalting: Backend, Frontend, QA, DevOps, Data & AI, UX/UI va mahsulot boshqaruvi boʻyicha 74 nafar malakali mutaxassisdan iborat jamoa.

BRB Academy: Soha mutaxassislarining amaliy tajribasiga asoslangan, raqamli koʻnikmalar va sunʼiy intellekt boʻyicha korporativ taʼlim platformasi.

💬 BRB-TECH — bank sektori, biznes va davlat tashkilotlari uchun gʻoya va arxitekturani loyihalashdan boshlab, raqamli mahsulotni ishlab chiqish va keyingi rivojlanishni taʼminlashgacha boʻlgan toʻliq sikldagi texnologik hamkordir.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.