Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

BRB “Markaziy Osiyodagi eng yaxshi bank transformatsiyasi – 2026” nominatsiyasi gʻolibi

17.07.2026
5 min

“Biznesni rivojlantirish banki” Euromoney Awards for Excellence 2026 xalqaro mukofotining “Markaziy Osiyodagi eng yaxshi bank transformatsiyasi – 2026” nominatsiyasi gʻolibi boʻldi.

“Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat banki dunyo moliya sohasidagi eng nufuzli xalqaro mukofotlardan biri hisoblangan Euromoney Awards for Excellence 2026 tanlovida “Central Asiaʻs Best Bank Transformation 2026” (“Markaziy Osiyodagi eng yaxshi bank transformatsiyasi – 2026”) nominatsiyasi boʻyicha gʻolib deb eʼtirof etildi.

Mazkur mukofot bank tomonidan amalga oshirilgan keng koʻlamli transformatsiya dasturining xalqaro miqyosdagi eʼtirofi boʻlib, uning davlat moliya institutidan zamonaviy universal tijorat bankiga aylanish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, kichik va oʻrta biznesni moliyalashtirish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hamda korporativ boshqaruvni takomillashtirish borasida erishgan yutuqlarini tasdiqlaydi.

Euromoney xalqaro nashri ekspertlari taʼkidlaganidek, rebrending va biznes modelining tubdan yangilanishi natijasida bank zamonaviy moliyaviy institut sifatida shakllanib, tadbirkorlik subyektlari va aholiga keng koʻlamli bank xizmatlarini taqdim etayotgan universal tijorat bankiga aylandi.

Transformatsiyaning muhim yoʻnalishlaridan biri bank xizmatlarini raqamlashtirish boʻldi. Biznes 24/7 raqamli platformasining joriy etilishi mijozlarga masofaviy bank xizmatlaridan foydalanish, hisobvaraqlarni boshqarish hamda moliyaviy mahsulotlardan tez va qulay tarzda foydalanish imkoniyatini yaratdi.

Mukofot yuzasidan fikr bildirgan Bank Boshqaruvi raisi Saxi Annaklichev shunday dedi:

“Euromoney mukofotiga sazovor boʻlish bankda amalga oshirilayotgan islohotlarning xalqaro darajadagi eʼtirofi hamda tanlangan taraqqiyot strategiyasining toʻgʻri ekanligining yana bir tasdigʻidir. Biz tadbirkorlar ehtiyojlariga javob beradigan, innovatsion texnologiyalarga tayangan va yuqori sifatli moliyaviy xizmatlarni taqdim etadigan zamonaviy bankni shakllantirish yoʻlida izchil ish olib bormoqdamiz. Ushbu muvaffaqiyat bank jamoasi, mijozlarimiz va hamkorlarimizning birgalikdagi mehnati samarasidir.”

Shuningdek, korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish, inson kapitali salohiyatini rivojlantirish, risklarni boshqarishning zamonaviy yondashuvlarini joriy etish va innovatsiyalarga asoslangan korporativ madaniyatni shakllantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Mazkur xalqaro mukofot “Biznesni rivojlantirish banki”ning erishgan natijalari xalqaro hamjamiyat tomonidan yuksak baholanganini tasdiqlab, uni Markaziy Osiyodagi eng jadal rivojlanayotgan moliya institutlaridan biri sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlaydi.

Ushbu eʼtirof bankning tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, raqamli moliyaviy xizmatlarni yanada rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda Oʻzbekiston Respublikasining barqaror iqtisodiy taraqqiyotiga xizmat qiluvchi strategik tashabbuslarni izchil amalga oshirishida muhim ragʻbat boʻlib xizmat qiladi.

Maʼlumot uchun: Euromoney Awards for Excellence — 1992-yildan buyon Buyuk Britaniyaning Euromoney jurnali tomonidan har yili oʻtkazib kelinayotgan jahon moliya sohasidagi eng nufuzli xalqaro mukofotlardan biri hisoblanadi. Mukofot strategiya, innovatsiyalar, mijozlarga xizmat koʻrsatish sifati, barqaror rivojlanish, korporativ boshqaruv va institutsional transformatsiya yoʻnalishlarida yuqori natijalarga erishgan moliya institutlariga beriladi. Gʻoliblar mustaqil xalqaro ekspertlar tomonidan moliyaviy koʻrsatkichlar, biznes modeli samaradorligi, innovatsion yondashuvlar hamda moliya sohasi rivojiga qoʻshgan uzoq muddatli hissasi asosida aniqlanadi.

Maqolaning toʻliq matni bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:

https://www.euromoney.com/article/120nqxs6afy8wscsowkok00c0/banking/central-asias-best-bank-transformation-2026-business-development-bank/

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.