BRB LIFT — eng yaxshi PR-loyiha
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB navbatdagi TAF!26 — Toshkent xalqaro reklama festivalida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Marketing va reklama sohasidagi yetakchi tashabbuslar va eng yaxshi keyslar taqdirlangan ushbu nufuzli tadbirda bankning “BRB LIFT” televizion realiti-shousi eng yuqori baholandi. Soha ekspertlari hamda mustaqil hakamlar hayʼati qaroriga koʻra, “BRB LIFT” loyihasi “Eng yaxshi PR-loyiha” nominatsiyasida gʻolib deb topildi.
Ushbu loyiha yurtimizda tadbirkorlik muhitini rivojlantirish, startaplar va istiqbolli biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgani bilan alohida ajralib turadi.
Festival dasturi doirasida bank vakillari ham faol ishtirok etib, oʻzlarining amaliy tajribalari, muvaffaqiyatli keyslari va kommunikatsiya sohasidagi yangi yondashuvlari bilan oʻrtoqlashdilar. Ushbu muhokamalar soha mutaxassislari va tadbir ishtirokchilari tomonidan yuqori baholandi.
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB bundan buyon ham tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, yangi biznes imkoniyatlarini yaratish hamda aholi va biznes vakillari uchun manfaatli loyihalarni amalga oshirishda davom etadi.
Bank Axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Qoʻshrabotda yangi bank xizmatlari markazi ishga tushdi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.