Bogʻdodda tadbirkorlik rivoji: 240 dan ortiq yangi ish oʻrni yaratiladi
Fargʻona viloyati Bogʻdod tumanida aholi bandligini taʼminlash va kichik biznesni rivojlantirish borasida amaliy ishlar jadallik bilan davom etmoqda. Shu munosabat bilan, 8-9-sentabr kunlari “Biznesni rivojlantirish banki” ATB masʼullari tomonidan tumandagi qator mahallalar va ishlab chiqarish obyektlarida oʻrganishlar oʻtkazildi.
Jumladan, 8-sentabr kuni Bogʻdod tumani hokimligida tashkil etilgan shtab faoliyati hamda Bank tomonidan yoʻlga qoʻyilgan “Loyihalar fabrikasi” ish jarayoni koʻzdan kechirildi.
Muloqotlar davomida Bekobod, Doʻrmoncha va Doʻstlik MFY hududlaridagi 40 dan ortiq fuqaro va tadbirkorlarning murojaatlari tinglandi.
Muhokamalar natijasida quyidagi yirik va istiqbolli loyihalar koʻrib chiqildi:
“Bek Onlayn” MCHJ (Bekobod MFY): Tadbirkor Ilhom Shukurov tomonidan Bogʻdod-Fargʻona yoʻli boʻyidan 30 sotix yer maydoni va 1 mln. AQSH dollari miqdorida kredit ajratish murojaati oʻrganildi. Loyiha ishga tushsa, 100 nafarga yaqin yangi ish oʻrni yaratiladi.
Mebel va yogʻochga ishlov berish (Doʻrmoncha MFY): “Doʻrmoncha Zamon Romlari” rahbari Davronbek tomonidan bino kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va 800 mln. soʻm kredit hisobiga 7 ta yangi ish oʻrni yaratish, shuningdek, YATT M.Kamalovning yogʻochga ishlov berishni kengaytirish loyihalari qoʻllab-quvvatlandi.
Aholi tashabbuslari: Sardorbek Qurbonoyning novvoylik (6 ta ish oʻrni) va oʻnlab fuqarolarning “Biznesga birinchi qadam” hamda “Mahalla bankiri” imtiyozli kreditlariga boʻlgan murojaatlari koʻrib chiqildi. (Ushbu kungi uchrashuvlar natijasida jami 115 nafardan ortiq yangi ish oʻrni yaratilishi koʻzda tutilgan).
9-sentabr kuni esa Zafarobod va Ittifoq MFY hududlarida umumiy qiymati 3,7 mlrd soʻmlik sanoat va ishlab chiqarish loyihalari oʻrganildi:
Non mahsulotlari ishlab chiqarish (M.Qambarov): Umumiy qiymati 1 500,0 mln soʻm (1 000,0 mln soʻm bank krediti) boʻlgan loyiha evaziga 25 ta yangi ish oʻrni;
Tikuvchilik yoʻnalishi (M.Mirzalimov): Umumiy qiymati 1 500,0 mln soʻm (1 000,0 mln soʻm bank krediti) boʻlgan loyiha evaziga 30 ta yangi ish oʻrni;
Yigiruv-toʻqimachilik klasterlari: Ittifoq MFYda tadbirkorlarning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirilayotgan “BFM GROUP” AJ (500,0 mln. soʻm, 20 ta ish oʻrni) va “FERGANA SPINNING” (200,0 mln. soʻm, 50 ta ish oʻrni) sanoat loyihalari taqdimoti oʻtkazildi. (Ushbu 4 ta sanoat loyihasi doirasida jami 125 ta yangi ish oʻrni yaratilishi kutilmoqda).
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB joylarda tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy va tashkiliy jihatdan qoʻllab-quvvatlash orqali hududlar iqtisodiyotini yuksaltirish va aholi bandligini taʼminlash borasidagi faol faoliyatini izchil davom ettiradi.
Barcha yangiliklar
Aholi daromadlarini oshirish boʻyicha manzilli va inklyuziv yondashuvlar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.