“Biznesni rivojlantirish banki”da tashqi islomiy audit jarayoni boshlandi
O‘zbekistonda islomiy moliya xizmatlari bo‘yicha tashqi islomiy auditni amaliyotga joriy etish yo‘lidagi muhim qadam sifatida “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan taqdim etilayotgan islomiy moliya xizmatlarining shaffofligi, ishonchliligi va shariat tamoyillariga muvofiqligini mustahkamlash maqsadida tashqi islomiy audit jarayoni boshlandi.
Shu munosabat bilan xalqaro va mahalliy ekspertlar ishtirokida maxsus uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda “Biznesni rivojlantirish banki” mas’ullari hamda Al-Muamalat Consulting, Tawafuq Consultancy — Malayziya va Ikhlass Consultancy — Jazoir ekspertlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida bank tomonidan taqdim etilayotgan islomiy moliya xizmatlari bo‘yicha shariat nazorati, hujjatlashtirish, amaliy jarayonlar hamda xalqaro standartlarga, jumladan AAOIFI standartlari talablariga muvofiqlik masalalari muhokama qilindi.
Tashqi islomiy audit “Biznesni rivojlantirish banki”ning islomiy moliya xizmatlarini yanada shaffof, ishonchli va xalqaro amaliyotga mos tarzda rivojlantirishga qaratilgan muhim amaliy bosqich hisoblanadi.
Mazkur tashqi islomiy audit Al-Muamalat Consulting tomonidan Tawafuq Consultancy — Malayziya hamda Ikhlass Consultancy — Jazoir bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.