Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Biznesni rivojlantirish banki yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlamoqda

05.06.2026
3 min

Mamlakatimizda iyun oyi — “Yoshlar oyligi” deb e’lon qilinishi munosabati bilan joylarda yoshlarning intilish va tashabbuslarini rag‘batlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli tadbirlar start oldi. Xususan, Nukus shahridagi Yoshlar markazida yuqori ko‘tarinki ruhda o‘tkazilayotgan “Yoshlar tashabbuslari marafoni” bugun barchaning diqqat markazida bo‘lib turibdi.

Mazkur marafonda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB ham faol ishtirok etib, yosh avlod vakillarining biznes g‘oyalarini hayotga tatbiq etish yo‘lida yaqin ko‘makchi bo‘lmoqda.

Bank marafonda ishtirok etayotgan yosh tadbirkorlar va o‘z biznesini boshlash arafasida turgan yigit-qizlar uchun o‘zining eng jozibador hamda imtiyozli loyihalarini taqdim etdi. Taqdimotlar davomida yoshlarga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar va maslahatlar berilmoqda:

·Kichik biznesni moliyalashtirish: Yoshlar tadbirkorligini boshlash va kengaytirish uchun mo‘ljallangan imtiyozli kredit liniyalari;

·Startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash: Innovatsion g‘oyalarga ega yoshlar uchun maxsus moliyaviy yechimlar;

·Moliyaviy savodxonlik: Yosh tadbirkorlarga biznes-plan tuzish, mablag‘larni to‘g‘ri boshqarish va bank xizmatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha bepul konsalting xizmatlari.

Biznesni rivojlantirish bankining maqsadi — yoshlarning biznes tashabbuslarini shunchaki moliyalashtirish emas, balki ularning barqaror tadbirkor bo‘lib yetishishlariga zamin yaratishdir. Nukusdagi marafon yoshlarning salohiyati qanchalik yuqori ekanini yana bir bor isbotlanmoqda.

“Yoshlar tashabbuslari marafoni” doirasida bank mutaxassislari yoshlar bilan bevosita muloqot qilib, ularni qiziqtirgan savollarga javob bermoqdalar hamda istiqbolli loyihalarni saralab olmoqdalar. Bu kabi tadbirlar yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish va hududlarda bandlikni ta’minlashda muhim turtki bo‘lib xizmat qiladi.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.