Biznesni rivojlantirish banki yosh moliyachilarni qo‘llab-quvvatlaydi
Toshkentda nufuzli xalqaro tashkilot – ACCA (Sertifikatlangan buxgalterlar assotsiatsiyasi) tashabbusi bilan, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB bosh homiyligida “Uzbekistan Future CFO” (Bo‘lajak moliyaviy direktor) tanlovi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va KPMG xalqaro kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizning 30 ta yetakchi oliy ta’lim muassasasi talabalari ishtirok etishdi.
Turli shartlar orqali qatnashchilarning buxgalteriya, moliya va soliq yo‘nalishlaridagi bilim va ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi. Mazkur loyiha O‘zbekistonda ilk bor, Markaziy Osiyoda esa ikkinchi marta o‘tkazilmoqda.
"Biznesni rivojlantirish banki"ning mazkur loyihada bosh homiy sifatidagi ishtiroki bankning ilm-fan rivojiga hissa qo‘shish, yoshlarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasidagi ezgu intilishlarini ifodalaydi.
Tanlov yakunlari bo‘yicha eng yaxshi natija ko‘rsatgan 8 nafar talaba bankda 3 oylik amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladi hamda bank tomonidan qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB yoshlarning bilim, kasbiy mahorat va intilishlarini doimo qo‘llab-quvvatlaydi.
ACCA Markaziy Osiyo rasmiylari o‘z navbatida, “O‘zbekistonning bo‘lajak moliyaviy direktor” milliy tanlovining Bosh hamkori sifatida faol ishtiroki va beqiyos hissasi uchun “Biznesni rivojlantirish banki”ga alohida minnatdorlik bildirib, maxsus sertifikat taqdim etdi.
“Sizning yosh moliya mutaxassislarini qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekistonda buxgalteriya va moliya kasbining rivojiga qo‘shgan hissangiz yuksak qadrlanadi”, deyiladi ACCA axborotida.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Kasaba uyushmalari kuni nishonlandi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.