Biznesni rivojlantirish banki rahbariyati tadbirkorlar bilan muloqotga kirishdi
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash va hududlarda biznes muhitini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida muhim choralar ko‘rilmoqda.
Xususan, bank Boshqaruvi raisi o‘rinbosari v.b. B. Bobojonov raisligida Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahrida tadbirkorlar ishtirokida o‘tkazilgan sayyor qabul qator masalalrni joyida hal etish imkonini berdi.
Muloqot davomida mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, mahallalarda daromad manbalarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kichik va o‘rta biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash uchun bank tomonidan taklif etilayotgan kredit mahsulotlari haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, tadbirkorlarning murojaat va takliflari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Sayyor qabulda ishtirok etgan 7 nafar tadbirkorning bank faoliyatiga oid masalalari joyida hal etildi. Yana 5 ta murojaat nazoratga olinib, ularni ko‘rib chiqish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar yuklatildi.
Muloqot yakunida hududiy boshqarma va tegishli tarkibiy bo‘linma rahbarlariga murojaatlarni qonunchilikda belgilangan muddatlarda har tomonlama, to‘liq va xolisona ko‘rib chiqish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlari sifatini yanada oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.