Beruniy tumanida aholi holidan xabar olindi
Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, daromad manbalarini shakllantirishga koʻmaklashish va mahallalarda tadbirkorlik muhitini yaxshilash “Biznesni rivojlantirish banki” ATB faoliyatining muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
Shu maqsadda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanidagi bankka biriktirilgan “Qiyot” mahalla fuqarolar yigʻinida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisi oʻrinbosari B.Bobojonov ishtirokida navbatdagi sayyor uchrashuv va oʻrganishlar oʻtkazildi.
Tashrif davomida “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan hamda kam taʼminlangan oilalar holidan xabar olindi. Xususan, mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan bevosita muloqot oʻtkazilib, ularning yashash sharoitlari, bandlik va daromad manbaini yaratish borasidagi ehtiyojlari atroflicha oʻrganildi.
Uchrashuvda mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini foydali mehnatga jalb qilish orqali kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha tizimli manzilli yordam koʻrsatilayotgani taʼkidlandi. Bank vakillari tomonidan fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash, imtiyozli kredit ajratish hamda oʻz biznesini boshlash istagida boʻlganlarga amaliy yordam koʻrsatish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
Maʼlumot uchun, “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan biriktirilgan mahallalarda aholi farovonligini oshirish, drayver sohalarni rivojlantirish va ijtimoiy ehtiyojmand oilalarga koʻmaklashishga qaratilgan bu kabi amaliy tadbirlar izchil davom ettiriladi.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.