Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Beruniy tumani tadbirkorlari bilan ochiq muloqot oʻtkazildi

08.09.2026
2 min

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy tumanida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisi oʻrinbosari B.Bobojonov boshchiligida hududdagi tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Ochiq va konstruktiv ruhda oʻtgan muloqotda tumanda kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash, yangi loyihalarni moliyalashtirish hamda tadbirkorlar duch kelayotgan moliyaviy va bank xizmatlari bilan bogʻliq masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida bank tomonidan tadbirkorlarga yaratilayotgan yangi imkoniyatlar, jumladan, “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozli kredit liniyalari, biznesni kengaytirish va modernizatsiya qilishga qaratilgan moliyaviy mahsulotlar hamda bank xizmatlarini raqamlashtirish borasidagi qulayliklar haqida batafsil maʼlumot berildi.

Muloqot chogʻida tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar eshitilib, ularni amaliyotga joriy etish hamda mavjud masalalarni manzilli hal qilish boʻyicha joyida tegishli masʼullarga topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.

Taʼkidlanganidek, “Biznesni rivojlantirish banki” istiqbolli tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va hududlarda biznes muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan bu kabi ochiq muloqotlarni izchil davom ettiradi.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.