Bektemirda tadbirkorlar va fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv oʻtkazildi
2026-yil 16-oktabr kuni Bektemir tumani “Abay” mahallasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari Sh.Yusupov, Toshkent shahar prokurori v.v.b A.Urmanov, Bektemir tuman hokimi N.Abduraxmanov va boshqa masʼullar ishtirokida Bektemir tumani hududidagi tadbirkorlar va fuqarolar bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Unda tuman hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va fuqarolar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida tadbirkorlar va fuqarolarning mavjud muammolari, taklif va tashabbuslari oʻrganildi. Xususan, ular tomonidan tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, imtiyozli kreditlardan foydalanish, yangi loyihalarni amalga oshirish, aholi bandligini taʼminlash hamda daromad manbalarini koʻpaytirish bilan bogʻliq turli murojaatlar bildirildi.
Mazkur uchrashuvlar aholi va tadbirkorlarning muammolarini joyida oʻrganish, ularga amaliy koʻmak koʻrsatish, tadbirkorlik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash hamda yangi ish oʻrinlarini yaratish orqali aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan.
“RWS OPTIMUM” MCHJ rahbari qum-shagʻal aralashmasini xomashyo sifatida olish boʻyicha yuzaga kelgan malalar yuzasidan murojaat qildi.
“CHILON LUBRICANTS” MCHJ rahbari tomonidan uchrashuv davomida togʻ-kon sanoatida portlovchi moddalar ishlab chiqarish faoliyatini tartibga solish boʻyicha amaldagi qonunchilikka tegishli nizom kiritish taklif etdi.
Kelib tushgan murojaat va takliflar masʼullar tomonidan batafsil oʻrganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Barcha yangiliklar
Bank yoshlari ommaviy diktant loyihasida ishtirok etdi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.