Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Bektemirda tadbirkor ayollar uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda

20.10.2026
•
2 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATBga biriktirilgan Bektemir tumanidagi “Abay” mahalla fuqarolar yigʻinida xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan navbatdagi amaliy uchrashuv boʻlib oʻtdi. Mazkur uchrashuv Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshirigʻi ijrosi doirasida tuman hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Unda oʻz biznes loyihasini boshlash istagida boʻlgan hamda amaldagi tadbirkorligini kengaytirishni maqsad qilgan mahalla ayollari ishtirok etdi.

Tadbirdan koʻzlangan asosiy maqsad — xotin-qizlarning iqtisodiy va moliyaviy savodxonligini oshirish, ularning jamiyatdagi va iqtisodiyotdagi faolligini ragʻbatlantirish hamda biznes tashabbuslarini tizimli qoʻllab-quvvatlashdan iborat.

Davra suhbatida davomida bank mutaxassislari tomonidan ishtirokchilarga, ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga qaratilgan amaldagi imtiyozli kredit manbalari, moliyaviy resurslardan samarali foydalanish va biznes-reja tuzish asoslari, shuningdek, bank tomonidan beriladigan konsalting va amaliy yordam turlari boʻyicha atroflicha maʼlumot va tushuntirishlar berildi.

Ochiq va samimiy ruhda oʻtgan muloqot davomida ayollar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga bank va hokimlik vakillaridan batafsil javob oldilar. Bu kabi uchrashuvlar hududda ayollar tadbirkorligini yangi bosqichga olib chiqish va aholi bandligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.