Bankning ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikati uchinchi muddatga uzaydi
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB ISO 37001:2016 xalqaro standarti bo‘yicha navbatdagi tashqi auditdan muvaffaqiyatli o‘tdi.
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB korrupsiyaga qarshi kurashish va ochiq-oshkoralik tamoyillarini mustahkamlash borasida izchil faoliyatini davom ettirmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi olib borilayotgan tizimli ishlar natijasida bank ISO 37001:2016 — “Korrupsiyaga qarshi menejment tizimi” xalqaro standarti talablari bo‘yicha o‘tkazilgan navbatdagi tashqi auditdan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Audit yakunlariga ko‘ra, bankda joriy etilgan korrupsiyaga qarshi menejment tizimining amaldagi xalqaro talab va mezonlarga to‘liq mos ekani tasdiqlandi hamda sertifikat amal qilish muddati uchinchi muddatga uzaytirildi.
Ta’kidlash joizki, ISO 37001:2016 standarti bank faoliyatida korrupsiyaviy xatarlarni aniqlash, oldini olish va ularga qarshi samarali choralar ko‘rish mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutadi. Ushbu sertifikatning navbatdagi bor tasdiqlanishi “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning halollik, shaffoflik va mas’uliyatli boshqaruv tamoyillariga sodiqligini yana bir bor namoyon etadi.
Bank kelgusida ham xalqaro standartlar asosida faoliyat yuritish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda mijozlar va hamkorlar ishonchini mustahkamlashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettiradi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.