Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

E'lon

Bankimiz xodimlari Buyuk Britaniyada xalqaro o‘quv seminarida

03.07.2026
3 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB xodimlari Buyuk Britaniyada tashkil etilgan xalqaro o‘quv seminarida ishtirok etdi. Bank tizimida ajratilgan kreditlar samaradorligini baholash hamda moliyalashtirishdan keyingi monitoring jarayonida erta ogohlantirish tizimini joriy etish bugungi kunda bank tizimining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Mazkur yo‘nalishda xalqaro standartlar va ilg‘or tajribalarni o‘rganish, shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Shu munosabat bilan, xalqaro miqyosda o‘quv dasturlarini tashkil etishga ixtisoslashgan MBF Akademiyasi tomonidan joriy yilning 21–30-iyun kunlari Buyuk Britaniyada tashkil etilgan “Ajratilgan kreditlar samaradorligini baholash va moliyalashtirishdan keyingi monitoringni joriy etish” mavzusidagi xalqaro o‘quv seminarda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Monitoring departamenti xodimlari faol ishtirok etdi.  

Seminar doirasida ular “BRB Tech” MCHJ hamkorligida ishlab chiqilgan “Kredit monitoringi va erta ogohlantirish signallari” dasturini xalqaro ekspertlar va seminar ishtirokchilariga taqdim etdilar.

Taqdimot davomida xalqaro ekspertlar mazkur dastur banklarda kredit monitoringini samarali tashkil etish, muammoli kreditlarni barvaqt aniqlash hamda risklarni boshqarish imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirishini alohida e’tirof etib, dasturga yuqori baho berdilar. Shuningdek, tizimning funksional imkoniyatlarini yanada kengaytirish, xalqaro amaliyotga mos ravishda takomillashtirish hamda qo‘shimcha modullarni joriy etish bo‘yicha o‘z tavsiya va takliflarini bildirdilar.

Dastur interaktiv mashgʻulotlar, amaliy muhokamalar, davra suhbatlari hamda Oksford universiteti, London moliyaviy markazi va Edinburgga tashriflarni oʻz ichiga oldi. Sertifikatlar bilan taqdirlash marosimi Oʻzbekistonning Londondagi Elchixonasida boʻlib oʻtdi.

Ishtirokchilar Britaniyaning ilgʻor tajribasini oʻrganib, uni Oʻzbekiston moliya sohasida qoʻllash boʻyicha amaliy bilimlarga ega boʻldilar. Ushbu bilim va tajriba mamlakatimiz moliya sektori rivojiga munosib hissa qoʻshishiga ishonamiz.

Xususan, seminar xodimlarimiz uchun xalqaro tajribani o‘rganish, xorijiy ekspertlar bilan tajriba almashish hamda “Biznesni rivojlantirish banki” ATBda kredit monitoringi va erta ogohlantirish tizimini yanada takomillashtirish yo‘nalishlarini belgilab olishda muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.



Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.