Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Bank yoshlari ommaviy diktant loyihasida ishtirok etdi

15.10.2026
•
2 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATBda 21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan Ommaviy diktant loyihasi oʻtkazildi.

Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi mutaxassislari nazoratida o‘tgan tadbirda Bosh bank tuzilmalaridan yigʻilgan yoshlar oʻzlarining savodxonlik va bilim darajalarini sinovdan oʻtkazdi.

Mazkur tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2025-yil 20-oktabrdagi PQ-308-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tashkil etildi.

Darhaqiqat, bank-moliya tizimida rasmiy hujjatlar, mijozlar murojaatlariga javoblarni imloviy jihatdan to‘g‘ri hamda tushunarli tarzda yetkazish muhim ahamiyatga ega.

Shu bois, ushbu maʼrifiy tadbir nafaqat xodimlarning savodxonlik darajasini sinovdan oʻtkazish, balki ona tilimiz nufuzi va mavqeyini, oʻzbek adabiy tili meʼyorlariga qatʼiy rioya qilish masʼuliyatini yanada oshirish, davlat tilida ish yuritish koʻnikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Diktant matni, yozish tartibi va baholash mezonlari Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. Yozilgan ishlar ham mazkur mutaxassislar tomonidan baholanadi.

Natijalar 21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami arafasida eʼlon qilinadi va gʻoliblar tegishli tartibda ragʻbatlantiriladi.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.