Bank yoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi
Joriy yil 24-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq va samimiy muloqoti mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati izchil va qat’iy ravishda yangi, yanada yuksak bosqichga ko‘tarilayotganining yorqin ifodasi bo‘ldi.
Unda Prezidentimiz tomonidan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan qator tashabbuslar ilgari surildi.
Jumladan, yoshlar bilan muloqotni kengaytirish ularni ko‘proq tinglab kelajak rejalariga ko‘maklashish maqsadida har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” etib belgilandi. Mazkur tashabbus ijrosi doirasida “Biznesni rivojlantirish banki”da tizimda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbir avvalida bank rahbariyati tomonidan tizimida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, martaba o‘sishi va o‘z ustida ishlashning ahamiyati haqida fikr bildirdi. Shuningdek, yoshlarni professional va shaxsiy rivojlanishida, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligi ta’kidlandi.
Uchrashuvning keyingi qismida bank xodimlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Book Challenge” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Faol ishtirok etib, mutolaa madaniyatini targ‘ib qilgan yosh xodimlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mazkur tadbir yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, jamoada sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Biznesni rivojlantirish banki yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni izchil davom ettiradi.
Bank axborot xizmati
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.