Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Bank xodimlari uchun Islom moliyasi bo‘yicha trening o‘tkazildi

18.05.2026
2 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATBda bank xodimlarining malakasini oshirish va zamonaviy moliya tendensiyalari bilan tanishtirish maqsadida "Islom moliyasi va bank tizimi" mavzusida maxsus trening tashkil etildi.

Tadbirga xalqaro tajribani ulashish maqsadida Malayziyaning nufuzli Utara universiteti professori, ayni paytda TIFT universiteti eksperti Dr. Amirul Faiz Bin Osman taklif etildi. Trening davomida xalqaro toifadagi ekspert Dr. Amirul Faiz Bin Osman islom moliyasining fundamental prinsiplari, an’anaviy bank tizimidan farqli jihatlari hamda dunyo miqyosidagi so‘nggi tendensiyalar haqida batafsil taqdimot qildi. Shuningdek, islomiy moliya mahsulotlarining turlari, ularni joriy etish mexanizmlari va xavf-xatarlarni boshqarish tizimi tahlil qilindi.

Sessiyaning asosiy qismi islom moliyasining O‘zbekiston iqtisodiyoti, xususan, kichik va o‘rta biznesni (KO‘B) qo‘llab-quvvatlashdagi roliga qaratildi. Ishtirokchilar tomonidan ushbu moliya tizimining joriy etilishi tadbirkorlik subyektlari uchun qo‘shimcha resurslar jalb qilish va investitsiya muhitini diversifikatsiya qilishda muhim omil bo‘lishi ta’kidlandi.

Muloqot davomida bank xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga, xususan, islomiy banking mahsulotlarini mahalliy bozorga moslashtirish istiqbollari bo‘yicha xalqaro ekspertdan atroflicha javoblar oldilar.

“Biznesni rivojlantirish banki” o‘z xodimlarining iqtisodiyot va moliya sohasidagi ilg‘or xalqaro bilimlarini mustahkamlash hamda mijozlarga zamonaviy xizmat turlarini taklif etish borasidagi xalqaro hamkorlikni davom ettiradi.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.