Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Bank tomonidan “Yangi bank” omonatchilariga kompensatsiya toʻlash boshlandi

29.01.2026
5 min

Oʻzbekiston Respublikasining “Banklardagi omonatlarni himoya qilish kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan “Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat banki “Yangi bank” aksiyadorlik jamiyati omonatchilariga kafolatlangan omonatlar boʻyicha kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirish yuzasidan agent-bank sifatida belgilandi.

Bugundan, yaʼni 2026-yil 29-yanvardan qonunchilikda belgilangan tartibda omonatchilarga kafolatlangan omonatlar boʻyicha kompensatsiya toʻlovlarini amalga oshirish boshlandi.

Qonunchilikka muvofiq, 200 million soʻmgacha boʻlgan kafolatlangan omonatlar boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari Omonatlarni kafolatlash agentligi mablagʻlari hisobidan Biznesni rivojlantirish banki orqali toʻlab beriladi.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, jami kafolatlangan omonatlar boʻyicha 31 507 nafar omonatchiga 208 milliard soʻm miqdorida kompensatsiya toʻlanishi rejalashtirilgan. Bu Yangi bank omonatchilarining 98,7 foizini qamrab oladi.

Omonatchilar kesimida aytib oʻtadigan boʻlsak, 31 327 nafar jismoniy shaxsga – 205 milliard soʻm, 126 nafar yuridik shaxsga – 2 milliard 900 million soʻm hamda 54 nafar Yakka tartibdagi tadbirkorga – 261 million soʻm toʻlab beriladi.

Kompensatsiya toʻlovlari omonatchilarni qonunchilikka muvofiq identifikatsiyadan oʻtkazgan holda amalga oshiriladi, jumladan ularga omonatchilar reestridagi oʻzlariga tegishli maʼlumotlar bilan tanishib, soʻngra kompensatsiya toʻlovlarini olish imkoniyati yaratiladi.

Jismoniy shaxslar kompensatsiya toʻlovlarini “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning “BRB mobil ilovasi” orqali onlayn tarzda bank kartalariga oʻtkazishi yoki agent-bankning jamgʻarma omonatiga joylashtirishlari mumkin.

Shuningdek, kompensatsiya mablagʻlarini agent-bankning hududlardagi istalgan bank xizmatlari markazlaridan naqd pul shaklida olishlari mumkin:

Bunda jismoniy shaxslar shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan shaxsan bank xizmatlari markazlariga tashrif buyurishlari lozim yoki belgilangan tartibda notarial tasdiqlangan ishonchnoma bilan oʻzlarining ishonchli vakillarini yuborishlari kerak boʻladi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarga kompensatsiya toʻlovlari “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning hududlardagi bank xizmatlari markazlariga tashrif buyurish orqali mazkur bankning oʻzida hisob raqam ochish yoki boshqa bankdagi hisob raqamiga pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

- Yakka tartibdagi tadbirkorning pasporti yoki ID kartasi;

- davlat roʻyxatidan oʻtganlik haqidagi guvohnoma;

- boshqa bankdagi hisobvaragʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma va tadbirkor muhri (agar mavjud boʻlsa).

Yuridik shaxslar esa,

- korxona rahbarining shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki ID karta);

- korxona rahbari sifatida ishga qabul qilinganligi toʻgʻrisida buyruq yoki vakil boʻlsa ishonchnoma;

- davlat roʻyxatidan oʻtganlik haqidagi guvohnoma;

- imzo naʼmunalari (agar mavjud boʻlsa);

- taʼsis hujjatlari (taʼsis shartnomasi, ustav);

- boshqa bankdagi hisobvaraq rekvizitlari toʻgʻrisidagi maʼlumot;

- tashkilot muhrini taqdim etishlari lozim.

Zarurat yuzaga kelganda agent-bank tomonidan qonunchilikka muvofiq, qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin.

Shuni alohida taʼkidlaymizki, kompensatsiya toʻlovlarini olish uchun omonatchilardan hech qanday qoʻshimcha toʻlov talab etilmaydi.

Qonunchilikka muvofiq, omonatchilar agent-bank tomonidan kompensatsiya toʻlanishi asossiz kechiktirilganligi faktlari toʻgʻrisida Omonatlarni kafolatlash agentligiga xabar berishlari mumkin.

2026-yil 29-yanvar soat 16.00 holatiga jismoniy shaxs boʻlgan 1 220 nafar mijozga 100 mlrd soʻmdan ortiq omonat mablagʻi toʻlab berildi.

Yana bir muhim eslatma.

Hurmatli omonatchilar, firibgarlar tuzogʻiga tushib qolmaslik uchun mablagʻlaringizni qaytarish jarayonini “tezlashtirib berish”ni vaʼda qilayotgan shaxslarga ishonmang. Barcha masalalar boʻyicha faqat “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning 1254 qisqa raqami va Omonatlarni kafolatlash agentligining 55 kodi bilan 550-05-00 telefon raqami orqali bogʻlaning.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.