Bank tashabbusi bilan "Yosh tadbirkorlar" forumi o'tkazildi
2024-yil 20-iyun kuni “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tashabbusi bilan “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi hamda “Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamkorligida “Yosh tadbirkorlar” Respublika forumi o‘tkazildi.
“Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” va 30 iyun – “Yoshlar kuni”ga bag‘ishlab o‘tkazilgan Forumda yosh tadbirkorlar, yosh fermerlar, yosh startapchilar ishtirok etdi.
Tadbir yosh tadbirkorlar va yosh startapchilarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun muloqot platformasini yaratish, yoshlarni biznesga jalb qilish va ularning biznes loyihalarini moliyalashtirishni jadallashtirish masalalari bo‘yicha o‘zaro fikr almashish maqsadida tashkil etildi.
Forum doirasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB huzuridagi Kichik biznesni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan yosh tadbirkorlar mahsulotlari va yosh startapchilarning innovatsion ishlanmalari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 14 sentyabrdagi PQ-306-sonli qarori asosida biznes loyihalari bank tomonidan moliyalashtirilgan yosh tadbirkorlar ishtirok etdi.
Shuningdek, “Yosh tadbirkorlar” forumi yosh tadbirkorlar uchun muvaffaqiyatli biznes kishilari, taniqli biznes trenerlar bilan tanishish va muloqot qilish imkonini ham yaratdi.
Forumda "Biznesni rivojlantirish banki", O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, Yoshlar ishlari agentligi, "Yoshlar - kelajagimiz" jamg‘armasi vakillari so‘zga chiqishib, O‘zbekistonda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratilganini ta'kidladilar.
Tadbir ishtirokchilari yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash borasida hali foydalanilmayotgan resurslar mavjudligini bildirishib, yoshlarni biznesga faol jalb qilish bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.
Barcha yangiliklar

Milliy libos chellenjini jizzaxlik hamkasblarimiz davom ettirdi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.