Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Bank raisining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha murojaati

30.12.2025
5 min

“Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi Saxi Saparmuxamedovich Annaklichevning korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olish bo‘yicha
M U R O J A A T I

 “Korrupsiyaga qarshi kurash – umummilliy vazifa, har bir vatanparvar yurtdoshimizning vijdon ishidir”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh. MIRZIYOYEV

Hurmatli bank mijozlari va aziz yurtdoshlar!

Sizlarni bankimiz Boshqaruvi nomidan kirib kelayotgan Yangi 2026-yil bilan  samimiy qutlab, mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida bank tizimiga bildirilayotgan yuksak ishonch va mas’uliyat uchun chuqur minnatdorlik bildiraman.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2025-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar bank tizimi oldiga ham aniq va mas’uliyatli talablarni qo‘ymoqda.

Jumladan, banklar faoliyatida shaffoflikni ta’minlash, inson omilini kamaytirish, qarorlar qabul qilishda adolat va ochiqlikni mustahkamlash, mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarda halollik va mas’uliyatni ustuvor tamoyil sifatida qaror toptirish muhim vazifa etib belgilangan.

Bankimiz ushbu talablarni o‘z faoliyatining ajralmas qismi sifatida qabul qilib, korrupsiyaviy holatlarga mutlaqo murosasiz munosabatda bo‘lish tamoyiliga qat’iy amal qilib kelmoqda.

Joriy yil davomida bank tizimida moliyaviy va operatsion xavf-xatarlar kutilmalarini jilovlash, ularni erta aniqlash va kamaytirish borasida izchil choralar ko‘rildi.

Xususan, bir qator bank xizmatlari to‘liq raqamlashtirilib, masofaviy va qulay xizmatlar joriy etildi.

Bu jarayonda zamonaviy FACE-ID biometrik identifikatsiya tizimining tatbiq etilgani mijozlarga xizmat ko‘rsatishda xavfsizlikni oshirish, soxta operatsiyalar va firibgarlik holatlarining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Raqamli texnologiyalar orqali bank va mijoz o‘rtasidagi munosabatlar yanada ochiq, tezkor va ishonchli shaklga keltirilmoqda.

Hurmatli tadbirkorlar va bankimiz mijozlari, Sizlarning kredit va moliyaviy majburiyatlarni o‘z vaqtida va to‘liq bajarishingiz nafaqat shaxsiy biznesingiz barqarorligi, balki bank tizimining sog‘lom faoliyati uchun ham muhimdir.

Majburiyatlarning o‘z vaqtida ado etilishi muammoli kreditlarning oldini olib, bankimiz oldiga qo‘yilgan strategik rejalarni belgilangan muddatlarda bajarishga xizmat qiladi.

Bu esa o‘z navbatida yangi investitsiyalarni jalb etish, iqtisodiy faollikni oshirish va eng muhimi, yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi.

Sizlarning bu borada mas’uliyatli yondashuvingiz mamlakatimiz taraqqiyotiga albatta munosib hissa qo‘shadi.

Shu bilan birga, bankimizda yil davomida komplaens nazorat tizimini mukammallashtirishga qaratilgan bir qator nazorat tadbirlari amalga oshirildi.

Xodimlar ishtirokida davra suhbatlari o‘tkazilib, xizmat faoliyatida halollik, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, mijozlar bilan muloqot madaniyatini yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, maxsus o‘quv kurslari orqali xodimlarning kasbiy bilim va malakasi oshirilib, zamonaviy bank amaliyoti va xalqaro tajribalar bank faoliyatiga keng joriy etilmoqda.

Mazkur murojaatim orqali shuni ishonch bilan ayta olamanki bankimiz bundan buyon ham ochiqlik, shaffoflik va mijozlar manfaatlarini ustuvor qo‘ygan holda faoliyat yuritadi.

Sizlarning ishonch va hamkorligingiz biz uchun eng katta qadriyatdir.

Birgalikdagi mas’uliyatli harakatlarimiz nafaqat bank tizimining rivoji uchun balki mamlakatimizningbarqaror iqtisodiy rivojiga ham munosib hissa qo‘shishiga ishonaman.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.