Bank kutubxonasiga yangi kitoblar
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kutubxonasiga kitoblar toʻplami taqdim etildi.
Ushbu tashabbus bank tizimida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning samarali tashkil etilganligi hamda tashkilot ichki kutubxonasi faoliyatining tizimli yoʻlga qoʻyilganligi munosabati bilan amalga oshirildi.
Taqdim etilgan maʼrifiy tuhfa 10 dan ortiq nomdagi 100 dan ziyod sara adabiyotlardan iborat. Kitoblar asosan xodimlarning sohaviy va umumiy bilimlarini oshirishga xizmat qiluvchi ilmiy-ommabop asarlar, jahon va milliy adabiyot durdonalari hisoblangan badiiy kitoblar hamda ijtimoiy-siyosiy yoʻnalishdagi adabiyotlarni oʻz ichiga oladi.
Kitoblar toʻplami Bank bosh ofisi kutubxona fondiga toʻliq qabul qilib olindi va xodimlar allaqachon ulardan foydalanishni boshlashdi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Ohangaronda tadbirkorlar uchun sayyor qabul tashkil etildi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.