Bank Boshqaruvi raisi yoshlar startaplari bilan tanishdi
“Biznesni rivojlantirish banki” ATBda Yoshlar kuni munosabati bilan yosh xodimlar tomonidan ishlab chiqilgan istiqbolli startap loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir bankda innovatsion fikrlashni rivojlantirish, ichki tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda yosh mutaxassislarning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Taqdimotda bank Boshqaruvi raisi Saxi Annaklichev ishtirok etib, har bir loyiha bilan batafsil tanishdi hamda mualliflar bilan bevosita muloqot qildi. U tomonidan ilgari surilgan savollar va tavsiyalar loyihalarning yanada takomillashuvi uchun muhim yo‘nalish bo‘lib xizmat qildi.
Ochiq va konstruktiv ruhda o‘tgan muhokamalar davomida yosh xodimlar o‘z g‘oyalari, innovatsion yechimlari va amaliy takliflarini erkin tarzda taqdim etish imkoniga ega bo‘lishdi. Eng muhimi, har bir tashabbus bank rahbariyati tomonidan e’tibor va qo‘llab-quvvatlashga sazovor bo‘ldi.
Ta’kidlanganidek, ilg‘or yondashuvlarga asoslangan startap loyihalar, yangi biznes g‘oyalar va zamonaviy yechimlar bank faoliyatini yanada samarali tashkil etish, xizmatlar sifatini oshirish hamda mijozlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishda muhim omil hisoblanadi.
Bunday tashabbuslar orqali bank yoshlar uchun o‘z g‘oyalarini amalga oshirish, innovatsiyalarni hayotga tatbiq etish va professional rivojlanish uchun qulay muhit yaratib bermoqda.
Bank Axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Rahbar va yoshlar uchrashuvi: ochiq muloqot davom etmoqda
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.