Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Bank Boshqaruvi raisi Qoraqalpogʻistonda sayyor qabullar oʻtkazdi

09.06.2026
2 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisi Qoraqalpogʻistonda sayyor qabullar oʻtkazdi.

“Biznesni rivojlantirish banki” ATB mijozlariga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita joyiga chiqqan holda oʻrganib, ularni tezkorlik bilan hal etish bank faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. 

Shu maqsadda, joriy yilning 5–6-iyun kunlari “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisi Saxi Annaklichev raisligida Qoraqalpogʻiston Respublikasining Beruniy va Qonlikoʻl tumanlarida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar, jismoniy hamda yuridik shaxslar vakillari ishtirokida sayyor qabullar tashkil etildi. 

Uchrashuvlar davomida Boshqaruv raisi tomonidan davlatimiz rahbari tomonidan kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlash borasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi doirasida tijorat banklarining masʼuliyati alohida ekanligi taʼkidlandi.

Muloqotlar davomida asosiy eʼtibor hududlarni ishsizlikdan xoli hududga aylantirish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini kengaytirish, biznes jarayonlarini avtomatlashtirish hamda aholi bandligini taʼminlashda zamonaviy IT-texnologiyalari va sunʼiy intellektdan keng foydalanish masalalariga qaratildi. 

Oʻtkazilgan ochiq va samimiy muloqotlar davomida fuqarolar va tadbirkorlarning murojaatlari tinglandi va ularning ijobiy yechimi boʻyicha aniq choralar belgilandi.

Bank Axborot xizmati

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.