Bank bino va inshootlarining chizmalari hamda dizayn loyihalarini ishlab chiqish xizmatini xarid qilish
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan, bankning o‘z bino va inshootlarining joylashuv chizmalarini (planlar), ichki va tashqi dizayn loyihalarini hamda landshaft dizaynlarini ishlab chiqish xizmatini xarid qilish rejalashtirilmoqda.
Hozirda loyihani byudjetlashtirish maqsadida, ishlab chiqilgan texnik topshiriq talablariga muvofiq yuqorida ko‘rsatilgan xizmatlar potentsial yetkazib beruvchilarining tijorat takliflari o‘rganilmoqda.
Yuqorida ko‘rsatilgan xizmatlarni yetkazib beruvchilaridan hamkorlikni tashkil etish bo‘yicha tijorat taklifini taqdim etishni so‘raymiz.
Tijorat taklifida narx, yetkazib berish muddati va toʻlov shartlarini koʻrsatilishi lozim. Shuningdek, ilovadagi jadvalni to‘ldirib, taqdim etishingizni so‘raymiz.
Tijorat taklifini xarid@brb.uz elektron pochta manziliga yoki Toshkent sh, A.Navoiy ko‘chasi, 18A-uyga yuboriladi.
Takliflarini taqdim etish muddati: 2025-yil 18-iyun soat 18-00 ga qadar.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.