Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv
Aksiyador va investorlarga e'lonlar

Bank aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladi

05.06.2025
4 min

“BIZNESNI RIVOJLANTIRISh bankI” ATB AKSIYADORLARINING

YILLIK UMUMIY YIG‘ILISHI O‘TKAZILISHI TO‘G‘RISIDA

 X A B A R N O M A  

  2025-yil 27-iyun kuni soat 15:00 дан бошлаб “Biznesni rivojlantirish banki” ATB aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Aksiyadorlar 2025-yil 27-iyun kuni soat 14:00 dan 15:00 gacha ro‘yxatga olinadi.           Bank joylashgan manzil: 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi 18-А uy.

 Umumiy yig‘ilish kun tartibi:

1. Sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash; 

2. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash;

3. “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Kuzatuv kengashining 2024-yildagi faoliyati yakuni bo‘yicha hisoboti;

4. “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning 2024-yildagi faoliyati natijalari, shu jumladan, biznes-reja ko‘rsatkichlarining bajarilishi bo‘yicha bank Boshqaruvining hisoboti va 2025-yilga belgilangan ustuvor vazifalar to‘g‘risida;

5. Bankning 2024-yil 31-dekabr holatiga buxgalteriya balansi hamda foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotini tasdiqlash;

6. Bankning 2024-yil faoliyati yakuni bo‘yicha foydasi va (yoki) zararlarini taqsimlash.

7. Bankning 2025-yil uchun bank faoliyatini tashqi auditdan o‘tkazish maqsadida, auditorlik tashkilotini va uning xizmatiga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdorini belgilash;

8. ““Biznesni rivojlantirish banki” ATB Kuzatuv kengashi a’zolariga mukofot va kompensatsiya mablag‘larini to‘lash tartibi to‘g‘risida” Nizomni (yangi tahriri) tasdiqlash;

9. Bankning tarkibiy tuzilmasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni tasdiqlash to‘g‘risida.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat, vakillari esa belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari shart.

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati 2025-yil 23-iyun holatiga ko‘ra tuziladi.

 “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Kuzatuv kengashining 2025-yil 5-iyundagi qaroriga asosan:

 1. Umumiy yig‘ilish o‘tkazish to‘g‘risida bank aksiyadorlarini xabardor qilish uchun reestrni shakllantirish sanasi: 2025-yil 5-iyun.

2. Umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan bank aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi: 2025-yil 23-iyun.

 Murijaat uchun telefon: (78) 150-76-65

Bank Kuzatuv kengashi

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

+998
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.