BRB ATB aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi to‘g‘risida xabarnoma
“BIZNESNI RIVOJLANTIRISh bankI” ATB AKSIYADORLARINING NAVBATDAN TASHQARI UMUMIY YIG‘ILISHI O‘TKAZILISHI TO‘G‘RISIDA X A B A R N O M A (masofadan)
Sizni 2026-yil 20-noyabr kuni soat 10:00da masofadan turib elektron ovoz berish xizmati http://evote.uz orqali bo‘lib o‘tadigan “Biznesni rivojlantirish banki” ATB aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishiga taklif etamiz.
Umumiy yig‘ilishda masofadan turib ishtirok etish va kun tartibiga kiritilgan masalalarga ovoz berish “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” AJning http://evote.uz elektron ovoz berish xizmati orqali ta’minlanadi. Aksiyadorlar platformadan foydalanish uchun elektron raqamli imzo kaliti (ERI) bilan identifikatsiyadan o‘tishlari lozim (platformadan foydalanish bo‘yicha Markaziy depozitariy telefon raqami: +99871 211-09-09).
Umumiy yig‘ilish kun tartibi:
Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash;
Bank Boshqaruv raisini saylash to‘g‘risida.
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Kuzatuv kengashining 2026-yil 29-oktabrdagi qaroriga asosan:
Umumiy yig‘ilish o‘tkazish to‘g‘risida bank aksiyadorlarini xabardor qilish uchun reyestrni shakllantirish sanasi: 2026-yil 29-oktabr.
Umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan bank aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi: 2026-yil 16-noyabr.
Yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish internet tizimi orqali elektron ovoz berish xizmatidan (http://evote.uz) foydalangan holda 2026-yil 20-noyabr soat 09:00da boshlanib 10:00da to‘xtatiladi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishiga oid hujjatlar hamda kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tayyorlangan ma’lumotlar bilan http://evote.uz elektron sahifasi orqali tanishishingiz yoki info@brb.uz elektron manzili orqali so‘rov yuborishingiz mumkin.
Murojaat uchun telefon: (78) 150-76-65
Barcha yangiliklar
XABARNOMA
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.