Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Aksiyador va investorlarga e'lonlar

Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladi

07.01.2026
3 min

“BIZNESNI RIVOJLANTIRISH BANKI” ATB AKSIYADORLARINING NAVBATDAN TASHQARI UMUMIY YIG‘ILISHI O‘TKAZILISHI TO‘G‘RISIDAGI XABARNOMA

2026-yil 29-yanvar kuni soat 11:00 dan boshlab “Biznesni rivojlantirish banki” ATB aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Aksiyadorlar 2026-yil 29-yanvar kuni soat 10:00 dan 11:00 gacha ro‘yxatga olinadi. Bank joylashgan manzil: 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi 18-A uy.

Umumiy yig‘ilish kun tartibi:

1. Bank aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash.

2. E’lon qilinadigan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash.

3. Bank ustaviga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida.

4. Bankning “Bank Kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi” va “Bank Boshqaruvi to‘g‘risidagi” Nizomlarni Yangi tahrirda tasdiqlash to‘g‘risida.

5. Bankda korporativ boshqaruv tizimini 2024-yil yakuniga ko‘ra o‘tkazilgan mustaqil baholash natijalarini ko‘rib chiqish.

6. Bankning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida.

7. Istiqbolli deb topilgan issiqxona xo‘jaliklariga hisoblangan penya qarzdorliklarini hisobdan chiqarish to‘g‘risida.

Aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat, vakillari esa belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari shart.

Aksiyadorlarning Umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar ro‘yxati 2026-yil 23-yanvar holatiga ko‘ra tuziladi.

ATB “Biznesni rivojlantirish banki” Kuzatuv Kengashining 2026-yil 6-yanvardagi qaroriga asosan:

1.Umumiy yig‘ilish o‘tkazish to‘g‘risida bank aksiyadorlarini xabardor qilish uchun reestrni shakllantirish sanasi: 2026-yil 6-yanvar.

2.Umumiy yig‘ilishda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan bank aksiyadorlarining reestrini shakllantirish sanasi: 2026-yil 23-yanvar.

Murojaat uchun telefon: (78) 150-76-65

 Bank Kuzatuv kengashi

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.