Baliqchi tumani tadbirkorlari bilan ochiq muloqot
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Boshqaruvi raisi oʻrinbosari Baxromxo‘ja Sharipov joriy yilning 3-iyun kuni bankning Andijon viloyati hududiy boshqarmasida Baliqchi tumani tadbirkorlari bilan ochiq muloqot oʻtkazdi. Bundan koʻzlangan maqsad – tadbirkorlar muammo va takliflarini bevosita joyiga chiqib oʻrganish, ularni tezkorlik bilan hal etish hamda aholini daromadli mehnat bilan bandligini oshirish boʻyicha ishlarni jadallashtirish va bu borada aniqlangan muammolarning tizimli yechimi yuzasidan takliflar ishlab chiqish.
Uchrashuv davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 27-28-aprel kunlari Fargʻona viloyatiga qilgan tashriflari davomida tijorat banklari zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosi boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻz yuritildi. Xususan, hududlarni kambagʻallik va ishsizlikdan holi hududga aylantirish, tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini kengaytirish, ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni hal etish orqali yangi ish oʻrinlarini yaratishga oid masalalarga toʻxtalib oʻtdi.
Shuningdek, tadbirkorlik jarayonlarida yuzaga kelayotgan muammolar, ishsiz fuqarolarni bandligini taʼminlash boʻyicha jahon tajribasini oʻrganish va tatbiq etish, aholi bandligini taʼminlashda zamonaviy IT texnologiyalaridan va sunʼiy intellektdan keng foydalanish, biznes jarayonlarini avtomatlashtirish borasida fikr muloazalar bildirildi.
Ochiq muloqot davomida murojaat etgan tadbirkorlarning bank faoliyatiga doir murojaatlari joyida hal etildi. Boshqa masalalarda qilingan murojaatlari nazoratga olinib, ularga yechim berish yuzasidan hududiy boshqarma boshligʻi, BXM boshqaruvchilari hamda tegishli tarkibiy boʻlim boshliqlariga koʻrsatmalar berildi.
Barcha yangiliklar
Ochiq muloqot: muammolar yechimi va bandlikni taʼminlash omili
“Yoshlar tashabbuslari marafoni” boshlandi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.