Ayollar tadbirkorligiga koʻmaklashish boʻyicha hamkorlik memorandumi imzolandi
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarmasi tomonidan “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash marosimi doirasida xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash masalasiga bagʻishlangan tadbir tashkil etildi.
Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Bank vakillari, mahalliy tadbirkor ayollar hamda sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar ishtirok etdi.
Marosimda mamlakatimizning ijtimoiy va iqtisodiy rivojilanishida xotin-qizlarning oʻrni, ularning fidokorona mehnati eʼtirof etildi. Xususan, ayollarning tadbirkorlik tashabbuslari qoʻllab-quvvatlanayotganiga alohida eʼtibor qaratildi.
Bu boradagi islohotlarda faol ishtirokchi oʻlaroq “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi Dina Kosbergenovaning “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangani alohida koʻrsatib oʻtildi. Mutaxassisga shuningdek, Bank boshqaruvi raisining ham tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Shuningdek, tadbir davomida “Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan tadbirkor ayollarni qoʻllab-quvvatlash borasida ham soʻz bordi. Jumladan, 2025-yilda birgina Qoraqalpogʻistonda 702 nafar tadbirkor ayolning biznes tashabbuslari qoʻllab-quvvatlandi va “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida ularga qariyb 68 mlrd soʻm kredit mablagʻlari ajratildi. Ushbu mablagʻlar xizmat koʻrsatish, tikuvchilik va yengil sanoat, qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, hunarmandchilik va oilaviy tadbirkorlik sohalaridagi loyihalarga yoʻnaltirildi.
Shundan soʻng Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB oʻrtasida xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash va moliyaviy savodxonlikni oshirish boʻyicha hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandum hududda ayollarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash hamda moliyaviy xizmatlardan samarali foydalanish koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalarni oʻz ichiga oladi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Telegram’da xavfsizlikni oshiring: bulutli parolni o‘rnating!
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.