Axborot xizmati bayonoti
“Telegram” ijtimoiy tarmog‘ida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Qo‘rg‘ontepa BXM mijozi kredit to‘lovlari bilan bogʻliq eʼtirozli holat haqida post joylandi. Unda iddao qilinishicha, har oy to‘lovlarni amalga oshirib kelishiga qaramasdan, xodimlar tomonidan asossiz ravishda qarzdorlik hisoblangan. Ushbu holat va unda bildirilgan e’tirozlar nazoratga olindi. Aniqlangan holatlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz:
Fuqaro R.M. tomonidan ikki shaxs: fuqarolar S.S hamda X.N nomlariga rasmiylashtirilgan ipoteka kreditlari bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirib kelinadi. Biroq, joriy yilning aprel va may oylarida to‘lovlarni amalga oshirilmaganligi sababli 2026-yil 12-avgust holatiga, har ikkala shartnomaga ko‘ra ham qarzdorlik mavjudligi aniqlandi.
Bu haqida murojaatchiga tegishli tartibda tushuntirildi.
Bank axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Axborot xizmati bayonoti
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.