Axborot xizmati bayonoti
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fuqaro murojaati yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.
“Biznesni rivojlantirish banki” ATB Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan fuqaro A.Eshmatov va unga aloqador korxonalarga ajratilgan kredit mablagʻlari boʻyicha oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida bir qator qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
Mazkur holat boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda mazkur fuqaro va bank munosabatlariga oid sud jarayonlari davom etmoqda.
Bank oʻz faoliyatida qonun ustuvorligini va ajratilgan mablagʻlarning maqsadli ishlatilishini doimiy nazorat qilib boradi.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.