Axborot xizmati bayonoti
Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Qumqoʻrgʻon BXM mijozi faoliyat manzilini oʻzgartirishi bilan bogʻliq eʼtirozli holat haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.
Bank masʼullari tomonidan xabarda qayd etilgan holat oʻrganildi. Natijada, tadbirkor tomonidan faoliyat yoʻnalishi boʻyicha ishlar amalga oshirilmayotgani, 2025-yil avgust oyidan buyon hisobraqamida pul aylanmasi toʻxtagani hamda kredit mablagʻi evaziga xarid qilingan mahsulot va texnikalar boʻyicha tegishli hujjatlar mavjud emasligi aniqlandi.
Bank xodimlari murojaatda keltirilgan telefon raqam orqali bog‘lanib, kelgusida monitoring natijasida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilib, tegishli hujjatlar taqdim etilgan taqdirda qayta o‘rganish oʻtkazilishi boʻyicha tushuntirish berildi.
Barcha yangiliklar
Ipoteka subsidiyalari uchun arizalar qabuli boshlandi
“Dolzarb 40 kunlik”: aholi daromadini oshirish choralari ko‘rilmoqda
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.