Axborot xizmati bayonoti
Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida yashovchi fuqarolarning “Biznesni rivojlantirish banki”ga tadbirkorlik uchun imtiyozli kredit soʻrab qilgan murojaati rad etilganligi yuzasidan xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-dekabrda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlari asosida “Biznesni rivojlantirish bank” ATB Namangan bank xizmatlari ofisiga Norin tumanidagi jami 54 ta mahalladan 14 ta (Yuqori Choʻja, Uchtepa, Norinkapa, Soyboʻyi, Xajintoli, Xoʻjaqoʻrgʻoncha, Qoʻrgʻoncha, Saodat, Toshqin, Qozoqovul, Yangi Namangan, Doʻmar, Naymanobod, Ibrat) MFYlar biriktirilgan boʻlib, ushbu maxalla fuqarolariga “Mahalla loyixasi” asosida jami 202 nafar fuqaroga 10,2 mlrd. soʻm turli maqsadlarga imtiyozli keredit mablagʻlari ajratib berilgan. Murojaatdagi fuqarolar yashayotgan "Toʻda" MFY "Agrobank" ATB biriktirilganligi hamda ushbu bankka kredit olish uchun murojaat qilishi boʻyicha tushuntirishlar berilganligini maʼlum qilamiz.
Barcha yangiliklar
Korporativ biznes menejerlari uchun treningi oʻtkazildi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.