Axborot xizmati bayonoti
Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “Biznesni rivojlantirish banki” ATB Andijon bank xizmatlari ofisining plastik kartalar bilan ishlash boʻlimida 1 nafar xodimdan boshqa xodimlar yoʻqligi haqida xabarlar tarqaldi.
Mazkur holat bank tomonidan nazoratga olinib, holatga aniqlik kiritildi. Ma'lum bo‘lishicha, holat 2026-yil 22-may kuni soat 17:00 dan keyin sodir boʻlgan. Murojaat yoʻllagan fuqaroga bankda ish vaqti tugaganiga qaramay xizmat koʻrsatilgan.
Hozirda bankning Andijon bank xizmatlari ofisida 3 nafar servis menejeri shtat birligi mavjud. Holat sodir boʻlgan kuni kuni plastik kartochkalar boʻyicha 1 nafar bank xodimi xizmat koʻrsatgan. Bunga sabab qolgan ikki nafar servis menejerlari K.M. va B.U mehnatga layoqatsizlik taʼtilida boʻlgan.
Hozirda bankda xizmat koʻrsatish boʻyicha barcha jarayon belgilangan tartibda davom etmoqda.
Barcha yangiliklar
Korporativ biznes menejerlari uchun treningi oʻtkazildi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.