Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Axborot xizmati bayonoti

08.07.2026
4 min

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda “Biznesni rivojlantirish banki” ATBning Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan mijozga berilgan kredit qaytarish jadvali qonun talablariga muvofiq emasligi haqida xabarlar tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

“Qishloqqurilish bank” ATB Jizzax mintaqaviy filiali hamda “Rina Crown” NTM o`rtasida bog`cha qurish va jihozlash uchun 14.07.2021 yilda 3,45 mlrd so`mga 84 oy muddatga 2 yil imtiyozli davr bilan 24,5 foiz (shundan 12,5 foizi Tadbirkorlarni rivojlantirish kompaniyasi hisobidan) ustama haq to‘lash sharti bilan kredit shartnoma imzolangan.

17.07.2021-26.06.2024 yil davr oralig`ida mijozga 2,98 mlrd so`m kredit ajratilgan.

14.06.2023 yildan boshlab mijoz tomonidan kredit qarzdorliklari to`lanmasdan kelingan.

01.07.2026 yil holatiga mijozning jami 7,9 mlrd so`m qarzdorligi mavjud (2,9 mlrd so`m asosiy qarz (shundan 1,5 mlrd so`m muddati o`tgan asosiy qarz) 4,9 mlrd so`m foiz (shundan 2,3 mlrd so`m muddati o`tgan foiz, 2,6 mlrd so`m hisoblangan penya qarzdorligi). Jami foiz qarzdorligining 0,8 mlrd so`m qismi "Tadbirkorlarni rivojlantirish kompaniyasi" AJ tomonidan to`lanishi lozim.

"Tadbirkorlarni rivojlantirish kompaniyasi" AJning 2024-yil 27-fevral sanasidagi 1383/73211-sonli xatiga asosan fond kompensatsiyasi vaqtincha to`xtatilgan.

Bank kredit siyosatiga asosan mijozning kreditlar bo`yicha muddati 30 kundan o`tgan qarzdorligi hamda 2-son kartoteka qarzdorligi bo`lganligi sababli 234 mln so`m kredit ajtratilmasdan qolgan.

Mijoz 2026-yil 9-yanvar sanasida maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyatini yuritish uchun litsenziya olgan. Shundan so`ng mijozni sog`lomlashtirish bo`yicha harakatlar boshlanib, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kichik kredit qo`mitqasining 26.06.2026-yildagi 290-sonli qaroriga asosan mijozning muddati o`tgan asosiy qarz va foiz qarzdorliklarini 96 oy muddatga uzaytirish masalasi ma’qullangan.

30.06.2026 yilda 1951/73211-sonli xat bilan "Tadbirkorlarni rivojlantirish kompaniyasi" AJ ning kompensatsiya shartnomasini tiklashga rozilik olindi, hamda kompensatsiyaning maksimal miqdori 3,88 mlrd so`m qilib belgilangan.

02.07.2026 yilda 03-09/3758-sonli taklif xati bilan mijozga kredit muddatini uzaytirish bo‘yicha shartnoma taklifi pochta orqali yuborildi. 06.07.2026 yilda Savdo sanoat palatasining Jizzax viloyat boshqarmasi ishtirokida mijozning shaxsan o‘ziga ham taqdim qilingan.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.