Astrasend xalqaro pul o‘tkazmalarini endi BRB mobil ilovasida qabul qiling!
Hurmatli mijozlar! Endilikda Astrasend xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha yuborilgan mablag‘larni nafaqat “Biznesni rivojlantirish banki” ATB bank ofislarida, balki BRB mobil ilovasi orqali ham qabul qilishingiz mumkin.
Bu xizmat sizga bankka tashrif buyurmasdan turib, mobil ilovada bir necha oddiy amallarni bajarish orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini tez, qulay va xavfsiz qabul qilish imkonini beradi.
Astrasend orqali yuborilgan pul mablag‘lari BRB mobil ilovasida ko‘rsatilgan yo‘riqnomalarga muvofiq, qisqa vaqt ichida siz tanlagan hisobvarag‘ingizga o‘tkazib beriladi.
Batafsil ma’lumotni BRB mobil ilovasi yoki 1254 qisqa raqami orqali olishingiz mumkin.
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.