Amalga oshirilgan kompensatsiya toʻlovlari toʻgʻrisidagi maʼlumot
2026-yil 2-fevral 10.00 holatiga “Biznesni rivojlantirish banki” ATB tomonidan “Yangi bank” AJ omonatchilariga kafolatlangan omonatlar boʻyicha qariyb 178,5 mlrd soʻm kompensatsiya mablagʻlari toʻlab berildi.
Shundan, 3 478 nafar jismoniy shaxsga 178 mlrd 252 mln soʻmdan ortiq mablagʻ toʻlangan.
Bundan tashqari, YATTlarga 141 mln 859 ming soʻm, yuridik shaxslarga esa 71 mln soʻm kompensatsiya toʻlandi.
Umumiy hisobda jami toʻlab berilishi lozim boʻlgan kafolatlangan omonat mablagʻlarning 85 foizdan ortigʻi omonatchilarga qaytarildi.
Eslatib oʻtamiz, mazkur jarayon 2026-yil 29-yanvardan boshlangan edi.
Barcha yangiliklar
Har bir mijoz ishonchi ustuvor qadriyat
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.