AKA Bank bilan hamkorlikning yangi istiqbollari muhokama qilindi
V Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB rahbariyati Germaniyaning AKA (Ausfuhrkredit-Aktiengesellschaft) Bank delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muzokaralarda bankning moliyaviy ko‘rsatkichlari, kredit portfeli dinamikasi hamda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishidagi faoliyati taqdim etildi.
Tomonlar kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish, eksportga yo‘naltirilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida tuzilmaviy moliyalashtirish va sindikatlashgan kreditlar yo‘nalishlarida hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Barcha yangiliklar
Hududlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotlari faol davom etmoqda
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.