Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

Aholi daromadlarini oshirish boʻyicha manzilli va inklyuziv yondashuvlar

08.09.2026
2 min

Prezidentimiz rahbarligida joriy yilning 3-sentabr kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida kambagʻallikni qisqartirish, aholi bandligini taʼminlash va daromadlarini oshirish boʻyicha mutlaqo yangi — manzilli va inklyuziv yondashuvlar belgilab berilgan edi. "Biznesni rivojlantirish banki" ATB Boshqaruvi rahbariyati ushbu strategik vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida, hududlarda tadbirkorlar va tashabbuskorlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotlarni boshladi.
Xususan, Fargʻona viloyatining Buvayda tumanida viloyat hokimligi vakillari va tuman hokimi bilan birgalikda mahalliy tadbirkorlar, mahalla bankirlari va hokim yordamchilari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.

Uchrashuvlar kun tartibi va drayver yoʻnalishlari:
Mahallalarning iqtisodiy potensialini faollashtirish: Mikro, kichik va oʻrta biznes loyihalarini "normativ boʻyicha emas, natija uchun" moliyalashtirish va qoʻllab-quvvatlash;
Barqaror va "yashil" ish oʻrinlari: Aholini doimiy va munosib daromad keltiruvchi mehnat faoliyatiga jalb qilish;
Istiqbolli startap va tashabbuslar: Joylardagi tadbirkorlarning innovatsion va tijoriy takliflarini toʻgʻridan-toʻgʻri oʻrganib, byurokratiyasiz amaliyotga joriy etish.

Bank rahbariyati tomonidan har bir hududning oʻziga xos drayverlari aniqlanib, istiqbolli loyihalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tegishli choralar ko‘rilmoqda. 

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.