30-iyun – Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!
Marralar yuksak, g‘oyalar cheksiz, kuch-g‘ayrat esa jo‘shqin!
Bugun mamlakatimiz rivojining eng katta drayveri, yangi O‘zbekiston poydevorini qurayotgan kuch – azmu shijoatli yoshlarimizning bayrami!
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB jamoasi yurtimizdagi barcha faol, tashabbuskor va maqsad sari dadil odimlayotgan yoshlarni bugungi bayram bilan chin qalbdan muborakbod etadi!
Aziz yoshlar, bugun sizning dadil g‘oyangiz ertaga yuzlab yangi ish o‘rinlari, innovatsion loyihalar va mamlakat iqtisodiyotining tamal toshiga aylanishiga ishonamiz. Aynan shuning uchun ham bankimiz yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning biznes tashabbuslariga qanot bo‘lish va moliyaviy imkoniyatlar yaratishni o‘zining eng ustuvor vazifalaridan biri deb biladi.
Hech qachon yangi g‘oyalarni boshlashdan qo‘rqmang, xatolar – muvaffaqiyatning poydevoridir!
Har bir boshlagan loyihangiz startapdan yirik brend darajasiga ko‘tarilsin!
Biznes rejalaringiz har doim kutilganidan-da yuqori daromad keltirsin, bankimiz esa bu yo‘lda sizga eng ishonchli hamkor bo‘ladi!
Kelajakni bugun yarating! O‘qishdan, izlanishdan va biznes olamida yangi cho‘qqilarni zabt etishdan to‘xtamang. Kuchingizga, salohiyatingizga va eng muhimi – o‘z g‘oyalaringizga ishoning!
Bayram kayfiyati, ulkan g‘alabalar va yuksak marralar sizni aslo tark etmasin!
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB Axborot xizmati
Barcha yangiliklar
Ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori oshiriladi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.