Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Yangiliklar

2025-yil yakunlari toʻgʻrisida bank hisoboti

27.02.2026
5 min

“Biznesni rivojlantirish banki” ATBning 2025-yil yakunlari toʻgʻrisida hisoboti

“Biznesni rivojlantirish banki” ATBning 2025-yil yakunlari bo‘yicha umumiy kapitali 5 trln. 269 mlrd 400 mln. soʻmni tashkil etdi. Bank kapitali 974 mlrd. soʻmga yoki 22,7 foizga oʻsgan.

Bankning jami aktivlari 38 trln. 167 mlrd 731 mln. soʻmga yetdi. Jami aktivlar oʻtgan yilga nisbatan 6 trln. 34 mlrd. soʻmga oshdi. (Bu 18,8 foizga oʻsishni anglatadi).

Daromad keltiruvchi aktivlari 32 trln. 184 mlrd 800 mln. soʻmga yetdi. Bankning daromad keltiruvchi aktivlari oʻtgan yilga nisbatan 5 trln. 382 mlrd. soʻmga oshdi yoki 20,1 foizga oʻsish kuzatildi. Daromad keltiruvchi aktivlarning bank jami aktivlaridagi ulushi  84,3 foizini tashkil qildi.

Bankdagi banklararo depozitlari qoldigʻi 4 trln. 417 mlrd 500 mln. soʻmga yetdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilga nisbatan 1 trln. 32 mlrd 200 mln. soʻmga oshdi. (30,5 foiz oʻsishga erishilgan).

2026-yilning 1-yanvar holatiga, bankining kredit qoʻyilmalari 24 trln. 551 mlrd 958 mln. soʻmga yetdi. Bu borada oʻtgan yilga nisbatan 2 trln. 21 mlrd 124 mln soʻmga yoki 9,0 foizga oʻsishga erishilgan.

Bankdagi depozit baza 15 trln 241 mlrd 200 mln   soʻmni tashkil etdi.  Oʻtgan yilga nisbatan 4 trln. 476 mlrd 300 mln. soʻmga oshdi. Bu 41,6 foizga oʻsish demakdir.

Bankning jami mijozlari soni 1 mln. 865 ming 608 tadan oshdi. Xususan:

  • jismoniy mijozlar soni 1 mln. 768 ming 254 tani;

  • yuridik shaxs maqomidagi mijozlar soni 97 354 tani tashkil etdi.

Bankdagi xizmat koʻrsatish ofislari soni Bosh amaliyotlar boshqarmasi bilan birgalikda 76 ta;

  • Xalqaro pul oʻtkazmalari shahobchalari soni esa 156 ta;

  • Valyuta ayirboshlash shoxobchalari soni - 198;

  • 24/7 shahobchalari soni - 327 ta.

“Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturi doirasida 7 607 nafar tadbirkorga 821 mlrd. soʻmlik kredit mablagʻlari ajratildi. Buning natijasida 7 810 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Bankka respublika boʻyicha 610 ta mahalla biriktirilgan. 2025-yilda mazkur mahallalarda jami 4 trln. 611 mlrd. soʻm kredit ajratilib, 279 ming 545 nafar aholi bandligi taʼminlandi.

Shundan 100 ming 319 nafari Doimiy ishga joylashtirildi va 179 ming 226 nafari Tadbirkorlikka jalb qilindi.

Xususan, “Sayxunobod tajribasi” asosida xonadonbay ishlash tizimi orqali jami 28 ming 016 ta mikroloyihalar amalga oshirilib, 704 mlrd. soʻm kredit ajratildi. Natijada 57 ming 611 nafar aholi bandligi taʼminlandi.

“Uychi tajribasi” asosida 1 368 ta uchrashuvlar oʻtkazilib,   5 620 ta murojaatlar koʻrib chiqildi va hal qilindi. Buning natijasida 8 688 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

2025-yilda xotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Ayol tadbirkor” kredit mahsuloti orqali 1 530 nafar tadbirkor ayollarga 192,4 mlrd.soʻm kredit mablagʻlari ajratildi. Buning natijasida 2 300 ta yangi ish oʻrinlari vujudga keldi (Z.Soburova).

“Biznesni rivojlantirish banki” tomonidan 2025-yilda 10 trln. 380 mlrd. soʻm kredit ajratildi.

Bank tomonidan 6 919 nafar fuqaroga 1 trln. 892 mlrd. soʻmlik ipoteka kreditlari ajratildi. Shu jumladan, 3 039 nafar fuqarolarga 909,5 mlrd. soʻmlik ipoteka kreditlari subsidiya toʻlovlari asosida ajratildi.

Qayd etish kerak, bank tomonidan ipoteka kreditlari oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 202 foizga yoki 953,1 mlrd.soʻmga koʻp ajratilgan.

Bizning blogimiz bilan yangilanib turing

Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.

Obuna bo'lganingiz uchun tashakkur!
Kechirasiz, xatolik yuz berdi, keyinroq qayta urinib ko'ring.
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.