15-oktabr — Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi
"Biznesni rivojlantirish banki" ATB va Qo‘shrabot tumani hokimligi hamkorligida 15-oktabr — Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan Qo‘shrabot tumanidagi 5-son musiqa va san’at maktabida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Biznesni rivojlantirish bankining Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi va tuman hokimligi rahbariyati ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar qishloq ayollarining jamiyat hayotidagi o‘rni, ularning mehnati va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladilar.
Kuy va qo‘shiqlarga ulanib ketgan bayram tadbiri qishloq ayollariga ehtirom ko‘rsatish, ularning fidokorona mehnatini qadrlash va ko‘ngillariga quvonch ulashishga xizmat qildi.
Qadrli qishloq ayollari! Sizlarning zahmatkashligingiz, sabr-toqatingiz va fidoyiligingiz xonadonlar farovonligi hamda yurtimiz taraqqiyotining muhim tayanchidir. Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va ishlaringizga rivoj tilaymiz!
Barcha yangiliklar
Bank yoshlari ommaviy diktant loyihasida ishtirok etdi
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.