1-iyuldan to‘lovlarni yagona UzQR orqali qabul qilish mumkin
2026-yil 1-iyuldan boshlab savdo va xizmat ko‘rsatish subyektlari to‘lovlarni yagona UzQR orqali qabul qilishlari mumkin bo‘ladi.
Endilikda mijoz qaysi bank yoki to‘lov ilovasidan foydalanishidan qat’i nazar, to‘lovni bitta UzQR kodi orqali amalga oshirishi mumkin. Bu esa biznes egalari uchun to‘lov jarayonini soddalashtiradi va mijozlarga yanada qulay xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.
Yagona UzQR tizimi savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida bir nechta QR-kodlardan foydalanish zaruratini kamaytiradi, kassadagi navbatlarni qisqartirishga yordam beradi hamda qo‘shimcha qurilmalarsiz to‘lovlarni qabul qilish imkonini yaratadi.
To‘lovni amalga oshirish tartibi oddiy: mijoz UzQR kodini skaner qiladi, BRB mobile yoki o‘zi foydalanayotgan boshqa bank ilovasida to‘lovni tasdiqlaydi va mablag‘ tadbirkorning hisob raqamiga kelib tushadi.
BRB mobile ilovasini yuklab olib, to‘lov va boshqa bank xizmatlaridan qulay foydalaning:
https://brb.uz/mobile
Batafsil ma’lumot uchun BRB ofislariga murojaat qiling yoki 1254 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qiling.
Barcha yangiliklar
Bizning blogimiz bilan yangilanib turing
Eng soʻnggi yangilanishlar, tushunchalar va bank maslahatlarini oling.