Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

“Mahallada biznes” krediti

Sizning biznesingiz uchun moliyaviy poydevor!

Foiz stavkasi

21% dan boshlab

Kredit miqdori

500 mln so‘mgacha

Kredit muddati

84 oygacha

Kim uchun mo'ljallangan?

  • Yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT)

  • Dehqon xo‘jaliklari

  • Mikrofirmalar

  • Ayol tadbirkorlar

Mijoz segmenti

Tadbirkorlik subyektlari

Kredit maqsadi

“Mahalla loyihasi” dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish

Mijoz hisobraqami

Asosiy yoki ikkilamchi

Kredit miqdori

500 mln so‘mgacha

Kredit valyutasi

Milliy valyuta (so‘m)

Kredit muddati

Loyihani amalga oshirish uchun – 84 oygacha;
Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun – 36 oygacha

Imtiyozli davr

Loyihani amalga oshirish uchun – 24 oygacha;
Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun – 12 oygacha

Yillik foiz stavkasi

21%
Foiz stavkasining bir qismi «Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ tomonidan kompensatsiya qilinishi mumkin (oilakredit.uz platformasi skoringidan ijobiy o‘tgan arizalar bo‘yicha, «2+1» tamoyili asosida)

Asosiy qarz va foizlarni to‘lash

Asosiy qarz – imtiyozli davr tugagandan so‘ng har oyda;
Foizlar – har oyda, to‘lov jadvaliga muvofiq

Kredit ajratish shakli

Mahsulot yetkazib beruvchi (xizmat ko‘rsatuvchi) hisobraqamiga pul o‘tkazish yo‘li bilan.
Aylanma mablag‘larni to‘ldirish qismi mijozning BRB dagi hisobraqamiga o‘tkazilishi mumkin: 50 mln so‘mgacha (shu jumladan) – 100%, 50 mln so‘mdan yuqori – 50%

Kredit ta’minoti

Kredit summasining kamida 125% miqdorida mulk garovi va/yoki uchinchi shaxs kafilligi.
Yuridik shaxslarga 50 mln so‘mgacha kreditlarda ta’sischilar kafilligi qabul qilinishi mumkin

Davlat ro‘yxatidan o‘tganiga kamida 6 oy bo‘lishi;

Kredit yuklamasi 50% dan oshmasligi (yuridik shaxs kafilligi taqdim etilganda qarz oluvchi va kafil korxona(lar)ning birgalikdagi kredit yuklamasi 100% dan oshmasligi);

Moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (2-son shakl) oxirgi hisobot davrida (yillik yoki choraklik) zarar bilan yakunlanmagan bo‘lishi (yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno);

O‘z aylanma mablag‘lari oxirgi hisobot davrida manfiy ko‘rsatkichda bo‘lmasligi (yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno);

Barcha banklardagi kredit va unga tenglashtirilgan amaliyotlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik bo‘lmasligi;

2-sonli kartoteka hisobvarag‘ida qarzdorlik mavjud bo‘lmasligi;

KATM ma’lumotnomasiga ko‘ra “qoniqarsiz”, “shubhali” va “umidsiz” toifalarida tasniflangan amaldagi kreditlar bo‘lmasligi;

KATM bali 250 balldan yuqori bo‘lishi;

So‘nggi 24 oy ichida muddati o‘tgan qarzdorliklar: 30 kundan ortiq – 6 tadan, 60 kundan ortiq – 4 tadan ko‘p bo‘lmasligi, 90 kundan ortiq – umuman bo‘lmasligi;

Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha qarzdorlik bo‘lmasligi;

My.sud.uz da javobgar sifatida ko‘rib chiqilayotgan da’vo arizalari bo‘lmasligi;

Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida (YeEISVO) muddati o‘tgan debitorlik qarzdorligi bo‘lmasligi.

Moliyalashtirilmaydigan yo‘nalishlar

Alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va (yoki) ular savdosini tashkil etish;

Ilgari olingan kredit (lizing)larni yoki boshqa har qanday qarzni qaytarish;

Nobank kredit tashkilotlari, lizing va sug‘urta kompaniyalari faoliyatini tashkil etish.

Yakka tartibdagi tadbirkor (YaTT, oilaviy tadbirkor, dehqon xo‘jaliklari):

  • Ariza;

  • Tadbirkorlik guvohnomasi;

  • Pasport (ID);

  • Kredit hisobiga sotib olinayotgan tovarlar yuzasidan shartnomalar yoki import shartnomalar

  • (kredit mablag’lari mijoz hisobraqamiga o‘tkazib beriladigan hollarda talab etilmaydi);

  • Pul aylanmasi rejasi (ma’lumotnoma);

  • Ta‘minot hujjatlari (Ta‘minot turiga ko‘ra qo'shimcha hujjatlar ham talab qilinishi mumkin).

Mikrofirmalar:

  • Ariza;

  • Mikrofirmaning Ta’sischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi (xususiy korxonalar bundan mustasno);

  • Mikrofirmaning (tegishli Davlat soliq xizmati organiga elektron shaklda taqdim etilgan) oxirgi hisobot davri (yillik yoki choraklik) uchun buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisoboti (bank tomonidan 1- va 2-sonli shakllar Davlat soliq xizmati organi ma’lumotlar bazasidan elektron olingan hollar hamda yangi tashkil etilgan mikrofirmalar bundan mustasno);

  • Kredit hisobiga sotib olinayotgan tovarlar yuzasidan shartnomalar yoki import shartnomalar (kredit mablag’lari mijoz hisobraqamiga o‘tkazib beriladigan hollarda talab etilmaydi);

  • Pul aylanmasi rejasi;

  • Ta‘minot hujjatlari (Ta‘minot turiga ko‘ra qo'shimcha hujjatlar ham talab qilinishi mumkin).

Bank ofisini tanlang va hujjatlarni topshiring

Ijobiy qarordan so‘ng shartnomani imzolang

Mablag‘lardan foydalanib, biznesingizni rivojlantiring

Kredit olish uchun ariza 157.95 KB pdf
Namunaviy kredit shartnoma 342.85 KB pdf

Onlayn arizani qoldiring

1
Tashkilot ma'lumotlari
2
Vakilning ma'lumotlari
Viloyatni tanlang dropdown arrow
Ta'minotni tanlang dropdown arrow

Ariza muvaffaqiyatli yuborildi!

Rahmat! Sizning arizangiz qabul qilindi. Mutaxassislarimiz tez orada siz bilan bog'lanib, tafsilotlarni aniqlaydi.

BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.