“Mahallada biznes” krediti
Mahallangizdagi biznes g‘oyani hayotga tatbiq eting!
Foiz stavkasi
Yillik 21%
Kredit miqdori
500 mln so‘mgacha
Kredit muddati
84 oygacha
Kredit maqsadi | “Mahalla loyihasi” dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish |
Valyuta | Milliy valyuta (so‘m) |
Kredit miqdori | Bir qarz oluvchiga 500 mln so‘mgacha |
Kredit muddati | Loyihani amalga oshirish uchun – 84 oygacha; |
Imtiyozli davr | Loyihani amalga oshirish uchun – 24 oygacha; |
Foiz stavkasi | Yillik 21% |
Foiz kompensatsiyasi | Foiz stavkasining bir qismi “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan kompensatsiya qilinishi mumkin. Kompensatsiya oilakredit.uz platformasi skoringidan ijobiy o‘tgan buyurtmalar bo‘yicha uch yilga “2+1” tamoyili asosida beriladi: dastlabki ikki yilda, uchinchi yilda esa yillik tushum avvalgi yilning mos davriga nisbatan 15% va undan ko‘proq oshgan taqdirda har oyda |
Kreditni ajratish shakli | Mahsulot yetkazib beruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchining hisobraqamiga pul o‘tkazish yo‘li bilan. |
To‘lov tartibi | Asosiy qarz – imtiyozli davrdan so‘ng har oyda, to‘lov jadvaliga muvofiq; |
Kredit ta’minoti | Kredit summasining kamida 125% (bankka aloqador shaxslar uchun 130%) miqdorida mulk garovi va/yoki uchinchi shaxs kafilligi; |
Qo‘shimcha kafillik | Korxonaning 50% va undan ko‘p ulushiga ega ta’sischilarining (YaTT uchun – tadbirkorning o‘zining) kredit summasining 125% miqdorida kafilligi |
Moliyalashtirish taqiqlangan holatlar | Alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va/yoki savdosi; |
Qarz oluvchi | Tadbirkorlik subyektlari (yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar) |
Hisobraqam | Asosiy yoki ikkilamchi |
Faoliyat muddati | Davlat ro‘yxatidan o‘tganiga kamida 6 oy |
Kredit yuklamasi | 50% dan oshmasligi. Yuqori bo‘lsa – 2 tagacha yuridik shaxs kafilligi; bunda birgalikdagi yuklama 100% dan oshmasligi, har bir kafillik kreditning kamida 125% bo‘lishi lozim |
Moliyaviy holat | Oxirgi hisobot davrida zarar bo‘lmasligi, o‘z aylanma mablag‘lari manfiy bo‘lmasligi (YaTT bundan mustasno) |
Joriy qarzdorlik | Barcha banklarda muddati o‘tgan kredit qarzdorligi va 2-sonli kartotekada qarzdorlik bo‘lmasligi |
KATM bali | 250 balldan yuqori |
Kredit tarixi (so‘nggi 24 oy) | 30 kundan ortiq kechikish – 6 tagacha; |
“BRB” ATBdagi kreditlar | “Qoniqarsiz”, “shubhali”, “umidsiz” toifasidagi kreditlar, to‘lov muddatini uzaytirish va maqsadsiz foydalanish holatlari bo‘lmasligi |
Sud va ijro ishlari | MIBda to‘lanmagan qarzdorlik, my.sud.uz da javobgar sifatida ko‘rilayotgan da’volar bo‘lmasligi |
Tashqi savdo | YeEISVOda muddati o‘tgan debitorlik qarzdorligi bo‘lmasligi |
Ta’sischilar tarkibi | So‘nggi 6 oyda o‘zgarmagan bo‘lishi (yangi ta’sischi qo‘shilishi va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi o‘zgarishlar bundan mustasno) |
1 | Ariza |
2 | Mahsulot oldi-sotdisi yuzasidan tuzilgan shartnomalar |
3 | Yakka tartibdagi tadbirkor guvohnomasi va pasport nusxasi |
4 | Boshqa banklardagi hisobraqamlar bo‘yicha oxirgi 12 oylik aylanma to‘g‘risida ma’lumotnoma (mavjud bo‘lsa) |
5 | Buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (YaTT bundan mustasno) |
6 | Garov hujjatlari: kadastr hujjati, transport vositasi yoki maxsus texnika guvohnomasi, baholash hisoboti |
7 | Kafil korxona hujjatlari (kafillik taqdim etilganda) |
Onlayn arizani qoldiring
Ariza muvaffaqiyatli yuborildi!
Rahmat! Sizning arizangiz qabul qilindi. Mutaxassislarimiz tez orada siz bilan bog'lanib, tafsilotlarni aniqlaydi.