Saytda qidiruv Yopish
Qidiruv

LC Eksportni diskontlash

Eksportyorlar uchun akkreditiv to‘lovlarini muddatidan oldin olish imkoniyati

Sizda akkreditiv bor, lekin pulingiz “muzlab” turibdimi?

“LC Eksportni diskontlash” orqali bankka tovar jo'natilganini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim eting va eksport to'lovni darhol qo'lga kiriting.

Buning afzalligi nimada?
Siz moliyaviy oqimlarni kutish bilan vaqt yo‘qotmaysiz. Aksincha, aylanma mablag‘laringizni yangi xomashyo olish, ishlab chiqarishni kengaytirish va keyingi eksport shartnomalarini imzolash uchun darhol ishga tushirasiz.

Bu shunchaki moliyaviy mahsulot emas, bu – raqobatchilardan bir qadam oldinda bo‘lish va biznesingiz rivojlanishini to‘xtovsiz davom ettirish uchun strategik imkoniyatdir.

Maqsadi

Eksport akkreditivi bo'yicha to'lovlarni muddatidan oldin moliyalashtirish va aylanma mablag'larni to'ldirish.

Valyutasi

AQSH dollari (USD), Yevro (EUR)

Moliyalashtirish miqdori

Eksport shartnomasi bo'yicha qolgan summa (bank diskonti chegirilgan holda).

Maksimal muddat

Yuk jo‘natilgan kundan boshlab 180 kungacha.

Ta'minot

OTB (Osiyo Taraqqiyot Banki) va/yoki YETTB (Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki)tomonidan kafolatlangan akkreditiv. Qo'shimcha garov talab etilmaydi.

Ishtirokchilar

  • Eksportyor: O‘zbekiston Respublikasi rezidenti.

  • Importyor: Xorijiy kompaniya.

  • Kafolatlovchi: OTB yoki YETTB.

Mijozga qo'yiladigan talab

Tadbirkorlik subyekti O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak.

  1. Importyorning banki OTB yoki YETTB bilan hamkorlik shartnomasiga ega bo'lishi.

  2. Eksport shartnomasi UCP xalqaro qoidalariga mos bo'lishi.

  3. Tovar/mahsulot jo'natilganini tasdiqlovchi barcha hujjatlar taqdim etilishi.

Cheklovlar

Xalqaro sanksiyalar ro'yxatiga (BMT, OFAC, Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya) kiritilgan shaxslar yoki ularning benefitsiarlari bilan tuzilgan eksport shartnomalariga xizmat ko‘rsatilmaydi.

Moliyalashtirish muddati
(to'lovni oldindan olish davri)

Diskont miqdori
(umumiy summadan)

60 kungacha

2,5%

90 kungacha

4,0%

120 kungacha

6,0%

180 kungacha

9,0%

1.

Ariza

Bank tomonidan taqdim etilgan shaklda to'ldiriladi.

2.

Ta’sis hujjatlari

Agar korxonangiz Bankimizda yangi mijoz bo'lsa.

3.

Ta'sischilarning rozilik bayonnomasi

Xususiy korxonalar uchun talab etilmaydi.

4.

Eksport shartnomasi nusxasi

Xorijiy hamkor bilan tuzilgan shartnoma.

5.

Yuk jo‘natilganini tasdiqlovchi hujjatlar

Invoys, transport hujjati (CMR, konosament, avia-nakladnoy) va akkreditivda ko'rsatilgan boshqa hujjatlar.

Yuridik shaxslar uchun kredit arizasi

1
Tashkilot ma'lumotlari
2
Vakilning ma'lumotlari
Viloyatni tanlang dropdown arrow
Ta'minotni tanlang dropdown arrow

Ariza muvaffaqiyatli yuborildi!

Rahmat! Sizning arizangiz qabul qilindi. Mutaxassislarimiz tez orada siz bilan bog'lanib, tafsilotlarni aniqlaydi.

Mahsulotni qanday olish mumkin?

"Biznesni rivojlantirish banki" ATB ofislaridan biriga tashrif buyuring.

Ofisni tanlang

Ariza yozib, shartnoma tuzing.

Ariza qoldirish

Hujjatlarni imzolang va mablag‘ni oling.

Kreditni olish uchun ariza 83.10 KB pdf
Namunaviy kredit shartnomasi 342.85 KB pdf

Savollaringizga javoblar tayyor (FAQ)

1. Xaridor (importyor) to‘lovni amalga oshirmasa nima bo‘ladi? Bankka pulni qaytarishim kerakmi?

Yo‘q, pulni qaytarishingiz shart emas. Bu xizmatning asosiy afzalligi shundaki, to‘lov xaridor tomonidan emas, balki uning banki va xalqaro moliya institutlari (OTB/YETTB) tomonidan kafolatlangan. Bank barcha risklarni o‘z zimmasiga oladi, siz uchun bitim hujjatlarni topshirish bilan yakunlanadi.

2. Ushbu xizmatdan foydalanish uchun garov (zalog) taqdim etishim kerakmi? Bu kredit hisoblanadimi?

Yo‘q, an’anaviy garov (ko‘chmas mulk, uskunalar va h.k.) talab etilmaydi. Moliyalashtirish uchun ta’minot vazifasini xalqaro tashkilot tomonidan kafolatlangan akkreditivning o‘zi bajaradi. Bu kreditga o‘xshasa-da, uning ta’minoti butunlay boshqacha va sizdan qo‘shimcha mulk garovini talab qilmaydi.

3. Bank xizmati uchun qancha haq to‘layman? Yashirin komissiyalar bormi?

Bank xizmati uchun yagona to‘lov – bu diskont summasi bo‘lib, u moliyalashtirish muddatiga qarab (2,5% dan 9,0% gacha) belgilanadi. Boshqa hech qanday yashirin komissiyalar yoki qo‘shimcha to‘lovlar mavjud emas.

4. Har qanday eksport shartnomasi bo‘yicha moliyalashtirish olsam bo‘ladimi?

Moliyalashtirish uchun asosiy shart – sizning xorijiy hamkoringiz (importyor) hisob raqamiga xizmat ko‘rsatuvchi bank Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) yoki Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (YETTB)bilan hamkorlik shartnomasiga ega bo‘lishi kerak.

5. Hujjatlarni topshirganimdan keyin pul qancha vaqtda hisobimga tushadi?

Siz yuk jo‘natilganini tasdiqlovchi barcha hujjatlarni to‘g‘ri va to‘liq taqdim etganingizdan so‘ng, Bank ularni qisqa muddatda tekshiradi va moliyalashtirish summasini darhol sizning hisobingizga o‘tkazib beradi.

Rahmat, sizning fikringiz biz uchun juda muhim!

Kerakli ma’lumotni topdingizmi?
 
Havolani ulashing:
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.