Invest krediti
O‘rta va korporativ biznes uchun 100 mlrd soʻmgacha kredit
Foiz stavkasi
10%-25%
Kredit miqdori
100 mlrd.so'mgacha
Kredit muddati
84 oygacha
Kredit oluvchilar | O‘rta va korporativ biznes subyektlari |
Kredit maqsadi | Bino-inshootlar, asbob-uskunalar, maxsus texnika, yengil avtotransport va boshqa asosiy vositalarni sotib olish |
Kredit miqdori | 100 mlrd so‘m ekvivalentigacha |
Kredit muddati |
|
Kredit valyutasi | So‘m, AQSH dollari, yevro va boshqa xorijiy valyutalar |
Foiz stavkasi | Yillik 10% dan |
Imtiyozli davr | 24 oygacha |
Kredit ta’minoti | Kredit summasining kamida 125% miqdorida (bankka aloqador shaxslar uchun — 130%) |
O'rta biznes uchun | |||
Kredit muddati | So‘mda | AQSH dollarida | Yevroda |
36 oygacha | 24% | 12% | 10,5% |
36 oydan 60 oygacha | 24,5% | 12,5% | 11% |
60 oydan 84 oygacha | 25% | 13% | 11,5% |
Korporativ biznes uchun | |||
Kredit muddati | So‘mda | AQSH dollarida | Yevroda |
36 oygacha | 23% | 11% | 10% |
36 oydan 60 oygacha | 23,5% | 11,5% | 10,5% |
60 oydan 84 oygacha | 24% | 12% | 11% |
1 | O‘rta yoki korporativ biznes subyekti bo‘lishi hamda BRBda asosiy yoki ikkilamchi hisobvarag‘iga ega bo‘lishi |
2 | Investitsion loyihada kamida 30% o‘z ulushiga ega bo‘lishi (yengil avtomashina xaridi bundan mustasno) |
3 | Ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lishi va KATM bali 200 balldan yuqori bo‘lishi |
4 | Muddati o‘tgan kredit qarzdorliklari hamda qoniqarsiz, shubhali yoki umidsiz toifasidagi amaldagi kreditlari mavjud bo‘lmasligi |
5 | Oxirgi hisobot davrida zarar ko‘rmagan va o‘z aylanma mablag‘lari manfiy bo‘lmasligi (yangi tashkil etilgan va ayrim tadbirkorlik subyektlari bundan mustasno) |
6 | 2-sonli kartoteka bo‘yicha qarzdorligi va Majburiy ijro byurosi tomonidan undirilishi lozim bo‘lgan majburiyatlari mavjud bo‘lmasligi |
7 | Oxirgi 6 oyda korxona ta’sischilari tarkibi to‘liq o‘zgarmagan bo‘lishi (belgilangan istisnolar bundan mustasno) |
8 | Investitsion loyiha o‘zini o‘zi qoplash imkoniyatiga ega bo‘lishi va bank talablariga mos kredit ta’minoti taqdim etilishi |
1 | Kredit olish uchun ariza |
2 | Investitsion loyiha bo‘yicha biznes-reja yoki texnik-iqtisodiy asosnoma (korxona uchun yengil avtomashina xaridida talab etilmaydi) |
3 | Korxona ta’sischilarining kredit olishga roziligi (belgilangan istisnolar bundan mustasno) |
4 | Korxonaning ta’sis hujjatlari, rahbar, bosh buxgalter va ta’sischilarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar |
5 | Oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot (bank tomonidan elektron olingan hollarda talab etilmaydi) |
6 | Boshqa banklardagi hisobvaraqlar aylanmasi to‘g‘risidagi ma’lumot (asosiy hisobvaraq boshqa bankda bo‘lsa) |
7 | Xarid qilinadigan bino-inshoot, asbob-uskuna, texnika yoki boshqa asosiy vositalar bo‘yicha oldi-sotdi yoki import shartnomasi |
8 | Kredit ta’minotiga oid hujjatlar (garov, kafillik yoki sug‘urta turiga qarab) |
9 | Loyiha xususiyatiga qarab yer, kadastr, ijara, import ekspertizasi va boshqa qo‘shimcha hujjatlar |
Onlayn arizani qoldiring
Ariza muvaffaqiyatli yuborildi!
Rahmat! Sizning arizangiz qabul qilindi. Mutaxassislarimiz tez orada siz bilan bog'lanib, tafsilotlarni aniqlaydi.