Sayt bo'yicha qidiruv search.close
Qidiruv
Qidiruv uchun ma'lumot kiriting

* Barcha maydonlar to'ldirilishi shart

Bino qurishga kredit

Qurish sizdan, moliyalashtirish bizdan

Kredit miqdori

400 mlrd.so'm ekvivalentigacha

Yillik foiz stavkasi

24,5%-26%

Kredit muddati

5 yilgacha

Kredit mablag‘larining maqsadli yo‘nalishlari:

• Ko‘p qavatli uy-joylarni qurish va/yoki rekonstruksiya qilish;

• Yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va/yoki rekonstruksiya qilish;

• Turli bino-inshootlarni qurish va/yoki rekonstruksiya qilish;

• Yuqoridagi yo‘nalishlar doirasida aylanma mablag‘larni to‘ldirish;

• Yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha ilgari ajratilgan kreditlar bo‘yicha qarzdorlik qoldiqlarini sotib olish.

Kim uchun

O‘rta biznes subyektlari va korporativ mijozlar

Kredit miqdori

Kredit miqdori 400,0 mlrd.so‘m ekvivalentigacha, ammo loyiha qiymatining 70 %dan yuqori bo‘lmagan miqdorda

Mijoz hisobraqami 

“Biznesni rivojlantirish banki” ATBda mijozning asosiy va/yoki

ikkilamchi hisobraqami bo‘lishi lozim.

Mahsulot maqsadi

Tadbirkorlik faoliyatida foydalanish maqsadida
koʼchmas mulk obyektini qurish va/yoki rekonstruksiya qilish. Ushbu yo'nalishlar doirasida aylanma mablag‘larni to‘ldirish, kredit qarzdorliklari qoldig‘larini sotib olish uchun.

Kredit ajratish usuli 

Yopiq yoki ochiq kredit liniyasi orqali ajratiladi.

Kredit valyutasi 

  • Milliy valyuta (So‘m);

  • Xorijiy valyutada (AQSH dollar, Yevro).

Kredit miqdori

Kredit miqdori 400,0 mlrd.so‘m ekvivalentigacha, ammo loyiha qiymatining 70 %dan yuqori bo‘lmagan miqdorda

Kredit muddati

5 yilgacha (asosiy qarzdan 2 yilgacha imtiyozli davr)

Kredit maqsadi

Kredit miqdori

Foiz stavkasi

Ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi yoki rekonstruksiyasi uchun

5 milliard so‘mgacha

24,5%

5 milliard so‘mdan yuqori

26%

Yakka tartibdagi uy-joylarni va bino-inshootlarni qurish va/yoki rekonstruksiya qilishga yoki shu maqsadda aylanma

mablag‘larni to‘ldirish uchun

Bank sof

aktivlarining 10%

gacha

26%

Pudrat va sub-pudrat tashkilotlar reytingi

  • Qurilishni amalga oshiruvchi pudrat tashkiloti “Shaffof qurilish” axborot tizimida kamida “DDD” reytingga ega bo‘lishi kerak.

  • Agar ishni sub-pudrat tashkiloti bajarayotgan bo‘lsa, u ham “DDD” yoki undan yuqori reytingga ega bo‘lishi lozim.

  • Yakka tartibdagi uy-joylar va binolar uchun reyting talab etilmaydi.

Reyting asosida ruxsat etiladigan qavatlar:

  • “DDD” reytingli tashkilotlar — 5 qavatgacha bino qurishi mumkin.

  • “C” reytingli tashkilotlar — 9 qavatgacha bino qurishiga ruxsat etiladi.
    (PF-66-son Prezident Farmoniga asosan)

Loyiha hujjatlari va garov bo‘yicha talablar

  • Qurilayotgan obyektning toifasiga qarab, ekspertiza xulosasi (belgilangan tartibda) taqdim etilishi kerak.

  • Agar qurilayotgan bino ro‘yxatdan o‘tgan va hali tugallanmagan bo‘lsa, baholovchi hisobot talab qilinmaydi.

  • Boshqa hollarda, mustaqil baholovchi tashkilot tomonidan tayyorlangan garov hisobotini topshirish zarur.

Moliyaviy va kredit intizomi bo‘yicha talablar

Ijobiy kredit tarixi:

  • Mijozning muddati o‘tgan kreditlari bo‘lmasligi;

  • So‘nggi 24 oyda 90 kundan ortiq kechiktirilgan to‘lovlar qayd etilmagan bo‘lishi shart

Kredit intizomi:

  • Mavjud kreditlar yoki boshqa qarzlar bo‘yicha kechiktirilgan to‘lovlar bo‘lmasligi;

  • Mijoz yoki unga aloqador shaxslarning banklar yoki Majburiy ijro byurosi oldida qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi lozim.

Moliyaviy holat:

  • So‘nggi yillik yoki choraklik hisobotda zarar bo‘lmasligi;

  • Aylanma mablag‘ salbiy bo‘lmasligi kerak.

Kafillik bo‘lsa:

  • Kafil korxonalar soni — 2 tadan oshmasligi kerak;

  • Har bir kafil kamida kreditning 125% miqdorida kafillik taqdim etishi lozim;

  • Kafillar moliyaviy jihatdan barqaror bo‘lishi zarur.

Kredit yuklamasi:

  • Mijozning umumiy kredit yuklamasi 100% dan oshmasligi kerak.

  • Agar oshgan bo‘lsa, yuridik shaxs kafilligi taqdim etilishi mumkin.

Kredit olish uchun ariza

Biznes-reja yoki Texnik-iqtisodiy asosnoma (TIA)

Ta’sischilarning roziligi (faqat MCHJ, AJ uchun)

So‘nggi yillik yoki choraklik buxgalteriya balansi va moliyaviy natijalar (2-shakl)

Agar boshqa bankda hisobingiz bo‘lsa – hisob aylanmalari bo‘yicha ma’lumotnoma

Qurilish joyiga oid yer hujjatlari (hokim qarori, auksion va boshqalar)

Loyiha-smeta hujjatlari va ekspertiza xulosasi (agar ko‘p qavatli bino bo‘lsa)

Qurilish uchun ruxsat va texnik shartlar (elektr, gaz, suv va hokazo)

Qurilish sug‘urtasi shartnomasi (faqat ko‘p qavatli uylarda)

Har bir kvartira bo‘yicha maydon va narx ko‘rsatilgan ma’lumotnoma

Qurilishga ruxsat (DAQNB/GASN hujjatlari)

Qurilishning aniq jadvali (tarmoq jadvali)

Agar sub-pudratchi bo‘lsa – tuzilgan shartnoma

Agar mavjud kredit qoldig‘i sotib olinayotgan bo‘lsa – tegishli hujjatlari

Zaruratga qarab – boshqa hujjatlar ham so‘ralishi mumkin

Ta'minot turi

Topshiriladigan hujjatlar

Ko‘chmas mulk garovi

Baholash hisoboti; kadastr hujjatlari;

  • Garov beruvchi – 3-shaxs yuridik shaxs bo'lsa:

    ta'sischilar roziligi; ta'sis hujjatlari; direktor/bosh buxgalter pasport nusxalari (boshqa bank xizmat ko'rsatsa)

  • Garov beruvchi – 3-shaxs jismoniy shaxs: pasport nusxasi 

Avto/maxsus texnika garovi

Baholash hisoboti; ro‘yxatdan o‘tganlik hujjati (tex. pasport/talon) 

Yuridik shaxs kafilligi

Ta’sischilar roziligi; balans + moliyaviy natijalar hisoboti;

ta’sis hujjatlari (boshqa bank bo‘lsa);

direktor/bosh buxgalter pasport nusxalari (boshqa bank bo‘lsa);

boshqa bankdagi hisob aylanmasi ma’lumoti 

Sug‘urta

Sug‘urta polisi

Onlayn arizani qoldiring

1
Tashkilot ma'lumotlari
2
Vakilning ma'lumotlari
Viloyatni tanlang dropdown arrow
Ta'minotni tanlang dropdown arrow

Ariza muvaffaqiyatli yuborildi!

Rahmat! Sizning arizangiz qabul qilindi. Mutaxassislarimiz tez orada siz bilan bog'lanib, tafsilotlarni aniqlaydi.

Kreditni olish uchun ariza 157.95 KB pdf
Namunaviy kredit shartnomasi 342.85 KB pdf

Rahmat, sizning fikringiz biz uchun juda muhim!

Kerakli ma’lumotni topdingizmi?
 
Havolani ulashing:
Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Chat History

Avatar
BRB-GPT (BETA)
onlayn

Maslahat olish uchun formani to‘ldiring.

Avatar
BRB-GPT (BETA)
Onlayn

Rahmat!

Formani to‘ldirganingiz uchun tashakkur, agentimiz yaqinda siz bilan bog‘lanadi.