Baliqchilikka kredit
Baliqchilik majmualarini tashkil etish, naslli baliqlarni xarid qilish va yetishtirish loyihalari uchun imtiyozli kredit
Foiz stavkasi
10%
Kredit miqdori
50 mlrd so‘mgacha
Kredit muddati
120 oygacha
Kredit maqsadi | Baliqchilik majmualarini tashkil etish, naslli baliqlarni xarid qilish va yetishtirish loyihalarini moliyalashtirish |
Kredit segmenti | Baliqchilik sohasidagi tadbirkorlik subyektlari |
Kredit miqdori |
|
Kredit valyutasi | Milliy valyuta (so‘m) |
Kredit muddati | 120 oygacha, biroq 2037-yil 1-yanvardan kechiktirmasdan. Kredit muddatini uzaytirish mumkin emas |
Foiz stavkasi | Yillik 10% |
Imtiyozli davr | 48 oygacha |
Kredit ajratish shakli | Pul o‘tkazish yo‘li orqali |
Moliyalashtirish manbai | Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va/yoki boshqa jalb qilingan mablag‘lar |
Kredit ta’minoti | Mol-mulk garovi, kreditni qaytarmaslik xataridan sug‘urta polisi, moliyaviy jihatdan to‘lovga layoqatli uchinchi shaxslarning kafilligi yoki qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa ta’minot turlari |
1 | BRBda asosiy yoki ikkilamchi hisobvarag‘iga ega bo‘lishi hamda oxirgi 6 oyda barcha hisobvaraqlar tushumining kamida 60% ini BRB orqali amalga oshirishi |
2 | Kamida 12 oy faoliyat yuritgan va oxirgi 6 oyda uzluksiz pul aylanmasiga ega bo‘lishi |
3 | Kredit yuklamasi 50% dan oshmasligi |
4 | Moliyaviy faoliyati zarar bilan yakunlanmagan va o‘z aylanma mablag‘lari manfiy bo‘lmasligi (yuridik shaxs tashkil etmagan tadbirkorlar bundan mustasno) |
5 | Joriy muddati o‘tgan kredit qarzdorligi va BRBda 2-sonli kartoteka qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi |
6 | KATM kredit skoring bali 250 balldan yuqori bo‘lishi |
7 | Kredit tarixi bankning belgilangan talablariga javob berishi |
8 | Majburiy ijro byurosi tomonidan ochilgan ijro ishi bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan qarzdorligi mavjud bo‘lmasligi |
1 | Kredit olish uchun ariza |
2 | Xarid qilinadigan mahsulotlar bo‘yicha oldi-sotdi shartnomalari (tegishli hollarda) |
3 | Yakka tartibdagi tadbirkor guvohnomasi va pasport nusxasi (YTT uchun) |
4 | Boshqa banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha oxirgi 12 oylik pul aylanmasi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (tegishli hollarda) |
5 | Garovga qo‘yiladigan mol-mulkka oid hujjatlar (kadastr hujjatlari, texnik pasport va boshqalar) |
6 | Uchinchi shaxs garovi yoki kafilligi taqdim etilganda tegishli shaxsning ta’sis va shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari (tegishli hollarda) |
Onlayn arizani qoldiring
Ariza muvaffaqiyatli yuborildi!
Rahmat! Sizning arizangiz qabul qilindi. Mutaxassislarimiz tez orada siz bilan bog'lanib, tafsilotlarni aniqlaydi.