Orzu ta'lim
krediti
Dunyoning TOP-300 universitetlarida o'qish orzusini ro'yobga chiqaring
Foiz stavkasi
MB asosiy stavkasi
Kredit miqdori
20 ming AQSh dollari ekvivalentigacha
Kredit muddati
O'qish davri + 6 oy + 7 yil
Kreditni hisoblash
Hisoblash usuli
Kreditning istalgan summasi
Sug‘urta xarajatlari
0 so‘m
0% yiliga
1,000,000 so‘m
6 oy
Kredit maqsadi | QS yoki THE xalqaro reytinglarining TOP-300 ro‘yxatiga kirgan xorijiy OTMlarda bakalavriat va magistratura dasturlari bo‘yicha ta’lim olish xarajatlarini moliyalashtirish |
Kredit miqdori | To‘lov-kontrakt summasidan oshmagan holda 20 ming AQSh dollari ekvivalentigacha, milliy valyutada |
Kredit muddati | O‘qish davri + 6 oy + 7 yil |
Foiz stavkasi | O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi miqdorida |
Imtiyozli davr | Asosiy qarz bo‘yicha o‘qish davri va o‘qish tugaganidan keyingi 6 oy |
To‘lov usuli | Differensial |
Mablag‘ni ajratish | Kredit mablag‘lari to‘lov topshiriqnomasi berilgan kundagi bankning rasmiy almashinuv kursi bo‘yicha xorijiy valyutaga konvertatsiya qilinib, SWIFT orqali xorijiy OTM hisobvarag‘iga o‘tkaziladi |
Ta’minot | Kredit miqdoriga qarab jismoniy shaxs kafilligi, sug‘urta polisi yoki mol-mulk garovi talab etiladi |
Ta’minot miqdori | Kredit summasining kamida 125 foizi, bankka aloqador shaxslar uchun kamida 130 foizi |
Sug‘urta muddati | Sug‘urta polisi kreditning to‘liq muddatiga rasmiylashtiriladi |
Ariza berish | Bank ofisi orqali |
1 | O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi |
2 | Yoshlar uchun murojaat sanasida 30 yoshdan oshmagan bo‘lishi (30 yosh ham kiradi) |
3 | Pedagog xodimlar uchun yosh cheklovi belgilanmagan |
4 | QS yoki THE xalqaro reytinglarining TOP-300 ro‘yxatiga kirgan xorijiy OTMga qabul qilingan bo‘lishi |
5 | Birgalikda qarz oluvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi |
6 | Qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning oxirgi 1 yillik kredit tarixi bank talablariga javob berishi |
7 | Avval olingan va to‘liq so‘ndirilgan kreditlar bo‘yicha 90 kundan ortiq muddati o‘tgan qarzdorlik holatlari bo‘lmasligi |
8 | Qarz oluvchi, birgalikda qarz oluvchi va kafillarning joriy muddati o‘tgan qarzdorligi bo‘lmasligi |
9 | Jismoniy shaxs kafilligi 3 nafargacha bo‘lishi |
10 | Birgalikda qarz oluvchi va kafil shaxslarning daromadlari bank tomonidan belgilangan mezonlarga javob berishi |
1 | Ta’lim krediti olish to‘g‘risidagi ariza |
2 | Ariza beruvchi va kafil shaxslarning pasporti yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat |
3 | OTMga qabul qilinganlik to‘g‘risidagi xat va taklifnomaning asli va nusxasi belgilangan tartibda tarjima qilingan holda taqdim etilishi kerak (1-kurs talabalari uchun) |
4 | Har bir o‘qish davri (semestr, trimestr, yarim yillik yoki yillik) yakunlari bo‘yicha akademik o‘zlashtirish natijalari haqidagi hujjatning asli va nusxasi belgilangan tartibda tarjima qilingan holda taqdim etilishi kerak (2-kursdan boshlab) |
5 | To‘lov-kontrakt shartnomasi hamda OTMning bank rekvizitlari (hisobvaraq raqami, SWIFT kodi) ko‘rsatilgan hujjatning asli va nuxsasi belgilangan tartibda tarjima qilingan holda taqdim etilishi kerak |
6 | Kafil shaxslarning daromadlarini tasdiqlovchi hujjatlar (ma’lumotlarni rasmiy manbalardan avtomatik olish imkoni bo‘lmaganda) |
7 | 30 yoshdan oshgan pedagog xodimlar uchun «Yagona milliy mehnat tizimi»dan olingan mehnat daftarchasi ko‘chirmasi |
8 | Tanlangan ta’minot turiga tegishli hujjatlar (sug‘urta polisi, kafillik yoki garov hujjatlari) |
9 | Qonunchilikda belgilangan boshqa tegishli hujjatlar |
Muhim!
Kreditni o‘z vaqtida qaytarmaslik qarzdorlikning oshishi va kredit tarixingizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Kredit uchun ariza
Ariza muvaffaqiyatli yuborildi!
Rahmat! Arizangiz qabul qilindi.
Mutaxassisimiz tez orada siz bilan bog'lanadi.